"Yuventus" Kanteni o'z safiga qo'shib olmoqchi
11 mar 2020 22:31
Yangiliklar


"Yuventus" Kanteni o'z safiga qo'shib olmoqchi
"Calciomercato" nashri xabariga ko'ra, "CHelsi" yarim himoyachisi Ngolo Kante faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
28 yoshli franciyalik futbolchi uchun Evropaning bir qator klublari, shu jumladan, "keksa sinora" ham davogarlik qiladi. "Yuventus" bosh murabbiyi Mauricio Sarrining shaxsan o'zi sobiq shogirdini o'z jamoasida ko'rishni xohlamoqda. Turin klubi rahbariyati Kante uchun 100 million evro miqdoridagi mablag' ajratishi taxmin qilinmoqda.
Malumot uchun, APLning joriy mavsumida 18 o'yinda maydonga tushgan Ngolo o'z hisobiga 3ta gol yozdirib qo'ygan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar