"Yuventus" Kanteni o'z safiga qo'shib olmoqchi

11 mar 2020, 22:31
"Calciomercato" nashri xabariga ko'ra, "Chelsi" yarim himoyachisi Ngolo Kante faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

28 yoshli fransiyalik futbolchi uchun Yevropaning bir qator klublari, shu jumladan, "keksa sinora" ham da'vogarlik qiladi. "Yuventus" bosh murabbiyi Mauricio Sarrining shaxsan o'zi sobiq shogirdini o'z jamoasida ko'rishni xohlamoqda. Turin klubi rahbariyati Kante uchun 100 million evro miqdoridagi mablag' ajratishi taxmin qilinmoqda. 

Ma'lumot uchun, APLning joriy mavsumida 18 o'yinda maydonga tushgan Ngolo o'z hisobiga 3ta gol yozdirib qo'ygan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Calciomercato