"Yuventus" jahon chempioniga qiziqmoqda
29 dek 2022 14:56
Yangiliklar
"Brayton" yarim himoyachisi Aleksis Mak Allister faoliyatini "Yuventus"da davom ettirish ehtimoli bor.
"Sport Mediaset"ning xabar berishicha, jahon chempionining xizmatlariga shaxsan Turin klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri qiziqyapti.
Allegri yarim himoyachi Adrien Raboni jamoada saqlab qolmoqchi, ammo bu dargumon, chunki franciyalik futbolchi klubini o'zgartirinshni rejalashtirmoqda. SHuning uchun uning o'rniga yangi futbolchi izlashmoqda.
Mak Allister "Brayton" bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali Argentina terma jamoasi futbolchisini 42 million evroga baholamoqda.
24 yoshli Mak Allister joriy mavsum "Brayton" libosida APLda 14 ta o'yinda maydonga tushdi va 5 ta gol urdi.
Fikrlar