“Yuventus” Isroilga uch nafar futbolchisiz ketdi
10 okt 2022 22:27
Yangiliklar
“Yuventus” Isroilga uch nafar futbolchisiz ketdi
11 oktyabr, seshanba kuni “Yuventus” CHempionlar ligasi doirasida safarda “Makkabi”ga qarshi o'yin o'tkazadi.
Turin klubi matbuot xizmati Isroilda boradigan futbolchilar ro'yxatini elon qildi. Massimiliano Allegri uchta futbolchini qaydnomaga kiritmadi - Mattia de SHilo, Pol Pogba va Federiko Keza jarohati hamda jismonan tayyor emasligi sababli jamoasiga yordam bera olmaydi. "Keksa senora"ning qolgan futbolchilari esa safqa qaytishgan.
"Yuventus" ayni damda CHempionlar ligasi guruh bosqichida PSJ va "Benfika"dan 4 ochko ortda qolib, uchinchi o'rinda bormoqda.
Fikrlar