Yuventus Inyaki Uilyams borasida muzokara boshladi
09 mar 2017 10:01
Yangiliklar
Yuventus Inyaki Uilyams borasida muzokara boshladi
Yuventus Atletik yarim himoyachisi Inyaki Uilyams transferi borasida muzokaralarni boshladi.
Turin klubi sport direktori Fabio Paratichi bu bilan shug'ullanmoqda. Yarim himoyachi –Yuventusning asosiy transfer rejalaridan biri.
Turin klubi vakillari bir necha bor uni kuzatishdi. O'tgan hafta Atletik ishtirokidagi ikkala uchrashuvda ham ular ishtirok etishdi.
Yuventus futbolchi bilan aloqaga chiqib bo'ldi. Uilyamsga Liverpul va Dortmundning Borussiya klublari ham qiziqishmoqda.
Futbolchining Atletik bilan shartnomasi 2021 yilga qadar tuzilgan. Tovon puli 50 million evroni tashkil qiladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar