“Yuventus” ilk bor mag'lub bo'ldi. Top-5 chempionatlarida mag'lub bo'lmagan jamoa qolmadi

8 dek 2019, 08:11
Italiya chempionatining 15-turida “Yuventus” safarda “Lacio”ga (1:3) imkoniyatni boy berdi.

Bu Sarri jamoasining joriy mavsumdagi ilk mag'lubiyati bo'ldi.

Bungacha “Yuventus” o'z ishtirok etayotgan barcha turnirlarda 19 uchrashuvdan buyon mag'lub bo'lmay kelayotgan edi.

“Byankoneri”lar kechagi bahsga qadar Yevropaning kuchli beshlik –TOP-5  birinchiliklarida mag'lubiyat nimalaigini bilmay kelishayotgandi. “Liverpul” Angliya premer ligasida xozircha mag'lubiyatsiz odimlayotgan bo'lsada, ular YCHL bahslarida “Napoli”ga imkoniyatni boy berishgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru