"Yuventus" ikki afsonasi bilan shartnomani uzaytirdi
29 iyu 2020 19:42
Yangiliklar


"Yuventus" ikki afsonasi bilan shartnomani uzaytirdi
"Yuventus" matbuot xizmati Janluijji Buffon va Jorjo Kellini bilan shartnoma uzaytirilganligini malum qildi.
Yangi kelishuv kelasi mavsumning yakuniga qadar davom etadi. Buffon 2001-2018 yillar davomida turinliklar tarkibida o'ynab, bir mavsumlik PSJdagi "tanaffus"dan so'ng yana "Yuve"ga qaytgandi. Ushbu mavsumda 42 yoshli golkiper Italiya chempionatida 7 o'yinda qatnashdi.
Kellini esa 2005 yilda "Fiorentina"dan o'tgandi. Jiddiy jarohati sababli 35 yoshli himoyachi ushbu mavsumda A Seriyaning atigi 3 o'yinida qatnashdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar