"Yuventus" Ikardining transferi bo'yicha takif berdi va PSJdan javobni kutmoqda
28 avg 2021 10:30
Yangiliklar
"Yuventus" Ikardining transferi bo'yicha takif berdi va PSJdan javobni kutmoqda
"Yuventus" PSJ hujumchisi Mauro Ikardi bo'yicha rasmiy taklif berdi.
Turin klubi 28 yoshli argentinalik futbolchini xarid qilish huquqi bilan ijaraga olishga tayyor, bu haqda jurnalist Romeo Agresti xabar bermoqda.
Ikardi PSJga "Inter"dan o'tgandi. 28 yoshli hujumchi francuz jamoasi tarkibida barcha musobaqalarda 66ta o'yinda maydonga tushib, 35ta gol va 10ta assist qayd etdi.
Argentinalik hujumchining francuz klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi yana uch mavsumga mo'ljallangan.
Fikrlar