“Yuventus” Ikardiga katta miqdordagi maosh taklif qildi
01 may 2019 08:52
Yangiliklar


“Yuventus” Ikardiga katta miqdordagi maosh taklif qildi
Mauro Ikardi yozgi transferlar vaqtida “Inter”ni tark etib, “Yuventus”ga o'tishi mumkin.
Turin klubi futbolchiga yillik maoshi 8,5 mln evroga teng shartnoma taklif qilmoqda. SHuningdek, Ikardi 3 mln evrogachaga bonusga ega bo'lishi mumkin. Avvalroq Ikardiga PSJ, “Atletiko” va “Napoli”dan qiziqish borligi haqida xabarlar paydo bo'lgandi. Neapolliklar hatto futbolchiga yiliga 9 mln evro maosh ham taklif qilgan.
Joriy mavsum 33 ta o'yinda qatnashgan 26 yoshli hujumchi 16 ta gol urib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar