"Yuventus" hujumchisi jamoada qolishni istaydi
04 dek 2022 17:39
Yangiliklar
"Yuventus" hujumchisi jamoada qolishni istaydi
Ijara asosida "Yuventus"da o'ynayotgan forvard Arkadiush Milik Turin klubida qolishni istayotganini aytdi.
"Marsel"dagi faoliyatimdan yodda qolarli vaziyatlar ko'p bo'lgan. Biroq hozir "Yuventus"daman. Umid qilamanki, "Yuve"da qolaman.
Bu erda yomon natijalar qayd etmayapman. Balki jamoaga ko'proq yordamim tegishi mumkin", - dedi futbolchi.
28 yoshli hujumchi ushbu mavsumda barcha turnirlarda 17 o'yinda qatnashib, 6 gol urdi. "Byankoneri"da futbolchini 8 mln evroga sotib olish imkoniyati bor.
Fikrlar