"Yuventus" himoyachisi "Roma"ga o'tishi mumkin
24 noy 2018 15:09
Yangiliklar
"Yuventus" himoyachisi "Roma"ga o'tishi mumkin
"Yuventus" himoyachisi Daniele Rugani "Roma"ga ko'chib o'tishi mumkin.
Corrierre dello Sport xabariga ko'ra, rimliklar sport direktori Monchi chorshanba kuni futbolchi agenti bilan uchrashgan va transfer borasida suhbatlashgan.
Rugani "Yuventus"da o'yin amaliyoti kamligidan norozi va yozda jamoasini almashtirish niyatida.
Turinliklar futbolchi bilan xayrlashish niyatida emaslar va Ruganiga 2.5 million evro oylik maoshli, 2021 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif qilmoqchi.
Bu mavsum 24 yoshli futbolchi rasmiy o'yinlarda bor yo'g'i uch bor maydonga tushdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar