"Yuventus" Eden Azarga etibor qaratdi
27 avg 2021 21:18
Yangiliklar
"Yuventus" Eden Azarga etibor qaratdi
"Yuventus" jamoani tark etgan hujumchi Krishtianu Ronalduga o'rinbosar qidirishni boshladi.
Turinliklar "Real" yarim himoyachisi Eden Azarga etibor qaratgan.
Agar "qaymoqranglilar" PSJ hujumchisi Kilian Mbappening transferini amalga oshirsa, tez-tez jarohatlari tufayli asosiy tarkibdagi mustahkam o'rnini yo'qotgan 30 yoshli belgiyalik futbolchini qo'yib yuborishga tayyor.
O'tgan mavsumda Azar 21 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi. Uning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyunigacha mo'ljallangan.
Transfermarkt portali futbolchini 40 million evroga baholamoqda.
Fikrlar