"Yuventus" Duglas Kostani ijaraga berib yubordi. Tekinga!
22 may 2021 09:36
Yangiliklar
"Yuventus" Duglas Kostani ijaraga berib yubordi. Tekinga!
"Yuventus" futbolchisi Duglas Kosta Braziliyaga qaytdi.
Turinliklar 30 yoshli futbolchini 2022 yilning yoziga qadar "Gremio"ga bepul ijaraga berib yubordilar.
"Gremio" - Kostaning qadrdor klubi hisoblanadi. U 11 yoshida jamoa tarkibiga borib qo'shilgan va o'sha erda professional debyutini nishonlagan.
Malumot uchun, Kosta mavsumni "Bavariya"da ijara asosida o'tkazdi.
Fikrlar