So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду захирадан тушиб Португалияга ғалаба олиб келди, Испания ўн киши бўлиб меҳмонда йирик ҳисоб қайд этди, Хорватия ва Швециядан уйдаги ғалабалар  2 01:02Анасхон Раҳматов: "Терма жамоамизга Жаҳон чемпионати давомида имкон қадар ёрдам беришга ҳаракат қиламан"  0 00:58"Атлетико" футболчиси жароҳати боис Аргентина терма жамоасидан Мадридга қайтади  0 00:30Хосе Венансио Лопес: "Энг муҳими хатоларга йўл қўймаслигимиз керак. Бугун 36 дақиқа давомида тартибли ўйин кўрсатдик"  0 00:05Аббосбек Файзуллаев: "Хато қилган жамоалар Жаҳон чемпионатидан қуруқ қоладиган босқич бошланди"  2 23:45Элдор Шомуродов: "Бишкекка уч очкони қўлга киритиш учун келдик"  10 23:26Футзал. Тожикистон ЖЧда гуруҳдаги рақибимиз — Нидерландияни мағлуб этди  0 23:05Миллатлар лигаси. Бешта ўйин якунига етди  2 22:45Мундиал-2026. Рустам Ашурматов "Бунёдкор" академиясига қандай келиб қолгани ва 2 миллион сўм маош ҳақида   1 22:43Қирғизистон терма жамоаси футболчилари Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан нималар дейишди?  10 22:20Милитао ўнг сон зўриқиши сабаб 10 кунни ўтказиб юборади  0 21:41Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўртоқлик ўйинда ҳам Бразилияга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  15 21:10БАА Лига кубоги. Ғаниев ассист қайд этди ва "Ал Батеҳ" ғалаба қозонди, аммо...  12 20:35"Барселона" ва яна тўрт клуб Томас Партига қизиқмоқда  3 19:54ПСЖ Энрике билан шартномани узайтирадими?  0

"Yuventus" derbini boy berdi, "Milan" yana qoqildi va boshqa uchrashuvlar - A Seriya 29-turi qanday o'tdi? Yangiliklar

"Yuventus" derbini boy berdi, "Milan" yana qoqildi va boshqa uchrashuvlar - A Seriya 29-turi qanday o'tdi?

Italiya chempionati 29-turida murosasiz uchrashuvlar bilan birga, kutilmagan natijalar ham etarli bo'ldi.

"Torino" "Yuventus"ni to'xtatdi 

"Keksa sinora" o'yinni ancha faol boshladi va to'pni Kezadan qabul qilgan Morata birga-bir vaziyatga chiqib ketdi, ammo Sirigu masofani qisqartirib, ispaniyalikning zarbasini qaytarishni uddaladi. Biroz o'tib Keza - Morata juftligi yana ish berdi, devor uslubida o'ynab, Federiko darvozani ishg'ol qildi. Bunday startdan keyin o'yin tinchib qolgani yanada g'alati tuyuldi. Biroq uni "buqalar" jonlantirishdi. Mondragora to'pni jarima maydoniga yo'lladi, SHensni to'pni ushlab qololmadi va Sanarabiya boshi bilan hisobni tenglashtirdi. SHu pallada biroinchi bo'limdagi qiziq voqealar yakunlandi. "Yuventus"ning hujumdagi ishi yurishmas, "Torino" esa sabr bilan o'z imkoniyatini kutardi.

O'sha imkoniyat ikkinchi bo'lim boshidayoq bo'ldi. Amaldagi chempionning yarim himoyasi Sanarabiyani yolg'iz qoldirdi, u esa oldinga o'tdi va kuchsiz zarba berdi, lekin SHensi to'pni qaytarishni uddalay olmadi. SHundan keyingina "Yuventus" oldinga borish, hujumga o'tish kerakligini eslab qoldi. Ronaldu boshi bilan ajoyib zarba berdi, lekin Sirigu to'sin ostiga ketayotgan to'pni qaytarishni uddaladi. 

Havodan uzatmalar mehmonlarning asosiy quroliga aylandi va shunday usulda gol urishdi. Bernardeskining uzatmasi, Artur to'pni Krishtianoga to'g'rilab berdi va portugaliyalik baribir niyatiga etdi. So'nggi daqiqalar esa o'ta qiziqarli bo'ldi. Bentankur uzoq masofadan ustunni poylagan bo'lsa, keyinroq Verdi jarima zarbasi bilan g'alabani "buqalar"ga olib berishi mumkin edi, ammo bu safar SHensni pand bermadi. Har ikki jamoa g'alaba qozonishi mumkin bo'lgan yorqin uchrashuv.


"Atalanta" bu safar "Udineze"ni taslim qildi

"Bergamoliklar" ko'p ham bunday taktik sxemadan foydalanaverishmaydi. Muriel ham, Sapata ham bir vaqtda maydonda harakat qilishi ham ko'p uchraydigan holatlardanmas. Ilk daqiqalar passiv o'yin guvohi bo'lgan bo'lsakda, sekin asta mezbonlar mahoratlarini ko'rsata olishdi. Pessina to'pni Sapataga uzatadigandek turgan holda, uni Murielga yo'lladi, Luis esa birgina harakat bilan sobiq jamoasini xafa qildi. "Atalanta" bosimni davom ettirdi, Sapata ham tez-tez raqib himoyachilarini tashvishga solardi. Vaziyatlardan birida Malinovskiy kuchli zarba yo'lladi. Taym so'ngiga yaqin aynan Ruslan chiroyli harakat bilan to'pni Murielga etkazdi, hujumchi o'z o'rnida Mussoni aldab o'tdi va to'pni bo'sh qolgan darvozaga yo'lladi. Bu gol mezbonlar engil nafas olishini taminladi. 45-daqiqada Molina qanotdan o'tib, qulayroq vaziyatda turgan Roberto Pereyrani ko'rdi va u birgina urinish bilan to'pni darvoza burchagiga joylab qo'ydi. 

Tanaffusdan keyin "Atalanta" bosimni, pressingni davom ettirdi. Unga qarshi turish oson emasdi, undan ham qiyinrog'i keskin uzatmalar. Malinovskiy 2 himoyachini dog'da qoldiradigan uzatmasidan keyin Sapata birinchi harakatda to'pni o'ziga bo'ysundirdi, keyingisi bilan esa darvoza to'riga yo'lladi. Umuman olganda Luidji Gotti chindan kurashuvchan jamoa shakllantira olgani namoyon bo'ldi. Molina yana bir bor qanotdagi raqiblarini "quruq qo'l bilan" qoldirdi hamda jarima maydonchasidagi Yensen mehmonlarning ikkinchi goliga muallif bo'ldi. Bunga Gasperini o'yinchilar almashtirish bilan munosabat bildirdi va tezlik olgan "Udineze" "to'xtashga majbur bo'ldi". Mezbonlar yana gol urishi mumkin edi, ammo Ilichich qulay imkoniyatlardan unumli foydalana olmadi. Yakunda "Atalanta" g'alabani saqlab qoldi, "Udineze" esa yaxshi o'yin namoyish qilgan bo'lsada, Bergamo jamoasiga kuchi etmadi.  


"Milan" qoqildi

"Milan" ilk daqiqalardan tashabbusni qo'lga olishi kutilgandi, ammo amalda o'yin startida mehmonlar yaxshiroq harakat qilishdi. Donnarumma bir necha bor jamoasini xavfli vaziyatlarda qutqarib qoldi. Ayniqsa o'zining o'ng qanotida faol bo'lgan Kandrevaning zarbasi xavfli chiqqandi. Antonio nafaqat o'zi zarba berardi, balki sheriklari uchun ham vaziyat yaratardi. Aynan uning ijrosidagi jarima zarbasidan keyin Tornsbining zarbasi golga aylanishiga faqatgina "Milan" sardori yo'l qo'ymadi. "Qizil-qoralar" esa birinchi bo'limda hujumda deyarli hech nima qila olmadi.

Ikkinchi bo'lim boshlangandan 10 daqiqa o'tib, Donnarumma darvozadan chiqishda xatoga yo'l qo'ydi va Kvalyarella bundan unumli foydalandi. Umumiy olganda "Sampdoriya" xavfliroq va tartibliroq harakat qilib, golga yaqinroq edi. Oradan bir necha daqiqa o'tib, "Milan" baxtiga Adrien Silva qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. SHundan keyingina "rossoneri" faollashdi. Tarkibda ayniqsa Xauge faolligi bilan ajralib turardi. Yosh norvegiyalik iqtidor sohibi o'zi ham zarba berardi va sheriklarini ham qulay nuqtaga chiqarardi. Taqdirning ishini qarangki, o'yin asosiy vaqti tugashiga 3 daqiqa qolganda Kessiedan to'pni qabul qilgach, Xauge jarima maydonchasida ikki raqibini dog'da qoldirib, to'pni darvozaning uzoq burchagiga aylanma zarba bilan joylab qo'ydi. Qo'shib berilgan vaqtning so'nggi soniyalarda "Milan" g'alabani ilib ketishi ham mumkin edi, ammo Audero CHalxanogluning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini qaytarishni uddaladi. Yakunda Pioli shogirdlarini u qadar xursand qilmagan durang natija qayd etildi. 


"Inter" minimal hisobda zafar quchdi

"Bolonya"ga qarshi bahsda Konte jamoasi asosiy raqiblari ochko yo'qotganini bilgan holda maydonga tushardi. Bu ularga qo'shimcha kuch, ishtiyoq beradigandek tuyulardi, ammo amalda "Inter" juda og'ir harakat qilardi. Jarima zarbasidan Eriksen yaxshi zarba berdi, ammo yosh posbon Ravelya to'pni qaytarishni uddaladi. Qaysidir daqiqalarga kelib, o'yin o'ta sokin ruhda o'tardi. Tinchlikni "Inter"ning keskin hujumi "buzib yubordi": Yang va Bastoni o'rin almashib olishdi va Lukakuga uzatmani qanot vakili emas, markaziy himoyachi amalga oshirdi. Romelu boshi bilan kuchli zarba yo'lladi, keyin "olomon" ichida to'pni darvoza to'riga kirita oldi. "Bolonya" oxirgi daqiqalarda xatto qarshi hujumga ham o'tdi. Xandanovich SHottenning zarbasidan keyin to'pni to'sin ustidan o'tkazib yubordi.


Ikkinchi bo'lim avvalida jamoalar xavfli vaziyatlar bilan "almashishdi". Avvaliga Orsolini jarima maydoni ichida zarba berish uchun imkon topdi, lekin unga aniqlik etishmadi, keyin Lautaro uzoq masofadan darvoza ustunini tekshirib ko'rdi. Umuman olganda aniq harakatlar, xavfli vaziyatlardan samarasiz urinishlar ko'proq edi. "Inter" esa o'zgartirishdan keyin ham "rossoblu" darvozasi oldida aytarli vaziyat yaratolmasdi va o'yin tugashini kutib harakat qilardi. Natijada, Konte jamoasi chempionlik o'yinini namoyish qila olmagan bo'lsada, chempionlik yo'lida muhim ochkolarni qo'lga kiritdi. O'yin qanday bo'lsa ham "Milan" bilan oradagi farq oshayotganini takidlamaslikning iloji yo'q.

SHuningdek, "Sassuolo" - "Roma", "Jenoa" - "Fiorentina" murosa ko'chasini tanlashdi, "Lacio" esa "Speciya"ni engdi.

Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика