"Yuventus" darvozaboni Gilermening xatosi sababini tushuntirdi
07 noy 2019 13:12
Yangiliklar
"Yuventus" darvozaboni Gilermening xatosi sababini tushuntirdi
"Yuventus" darvozaboni Voycex SHesni ECHL 4-turi doirasidagi "Lokomotiv" (Moskva)ga qarshi o'yindan so'ng raqib posboni haqida gapirdi.
O'yinning 4-daqiqasida Krishtianu Ronaldu jarima zarbasini tepish imkoniyatiga ega bo'ldi. Portugaliyalik futbolchining zarbasidan so'ng "Lokomotiv" darvozaboni Gilerme oyoqlari orasidan to'pni o'tkazib yubordi. Yakunda esa to'pni Aaron Remzi darvozaga kiritdi.
"Yuventus" uchun hammasi yaxshi tugadi. "Lokomotiv" juda ham yaxshi o'yin namoyish qildi. Durang o'yin uchun adolatli hisob bo'lar edi. Asosiysi, bugun Krixovyak menga gol ura olmadi.
Gilermening xatosi? Yaxshiyamki bu hol men bilan emas, u bilan sodir bo'ldi. Yomg'ir sabab maydon maysasi ho'l bo'lgan edi. To'pni ushlab olish bo'yicha men ham qiyinchilikka uchradim", - deydi SHesni.
Fikrlar