“Yuventus” “CHelsi”ning taklifini rad etdi
12 jan 2019 08:35
Yangiliklar


“Yuventus” “CHelsi”ning taklifini rad etdi
“Yuve” London klubining Gonsalo Iguain borasidagi taklifiga rad javobini berdi.
“CHelsi” Alvaro Morata transferiga Gonsalo Iguainni ham qo'shishni so'radi. Ammo Turin klubi “Milan”da ijarada bo'lgan hujumchisini mazkur transferga qo'shishni istamadi. Aksincha, Moratani to'g'ridan to'g'ri sotib olishni maqul ko'rishini malum qilgan.
“Yuve” Iguain borasida qaror chiqarishni “Milan”da qoldirdi. Agar “rossonerilar” maqul ko'rsa, Gonsalo mavsum oxiriga qadar Milanda qoladi. Agar uni sotib olishni xohlashsa, mavsum yakunida 36 mln evro to'lashlariga to'g'ri keladi.
Iguainning o'zi esa Sarri qo'l ostida “CHelsi”da to'p surishni istamoqda. Vaqtida hujumchi u bilan “Napoli”da birga ishlagan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar