"Yuventus" "CHelsi"dan U-20 JCHdagi eng yaxshi futbolchini ijaraga olmoqchi
18 iyu 2023 15:12
Yangiliklar
"Yuventus" "CHelsi"dan U-20 JCHdagi eng yaxshi futbolchini ijaraga olmoqchi
"Yuventus" yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida eng yaxshi futbolchi bo'lgan CHezare Kazadeini ijaraga olmoqchi.
"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, "CHelsi" "Yuventus" futbolchisi Dushan Vlaxovichni tarkibiga olib kelishni istayotganidan keyin unga qiziqishlar boshlangan. London klubi esa faqatgina kuchli jamoaga futbolchisini ijaraga berish niyatida. Turindagilar esa uni sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olmoqchi.
Agarda "CHelsi" Vlaxovichni sotib olish uchun astoydil kirishsa, "Yuve" ham Kazadei uchun ishlarni boshlaydi. "Inter" tarbiyalanuvchisi hisoblangan futbolchi 2022 yil yozida "CHelsi"ga o'tgan va "Reding"ga ijaraga berilgandi. U Argentinada o'tgan U-20 Jahon chempionatida Italiya termasi uchun 7 gol urdi va turnirning to'purari bo'lishdan tashqari, turnirning eng yaxshi futbolchisiga ham aylandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar