"Yuventus" bosh direktori Iguain borasida rasmiy bayonot berdi

Mirjalol Normatov
27 iyul 2018, 14:50
"Yuventus" bosh direktori Beppe Marotta "Sky Sports" nashriga Gonsalo Iguain borasida rasmiy bayonot berdi.

"Krishtianu Ronaldu jamoaga kelganidan keyin hujum chizig'imiz anchagina sifatli bo'ldi. Biz Iguain bilan gaplashib, barcha uchun to'g'ri bo'lgan qarorni qabul qilishga harakat qilpmiz. "Yuventus" Gonsaloni qattiq hurmat qiladi. Biz takliflarni ko'rib chiqamiz, ammo "Milan" ham "Chelsi" ham konkret taklif bilan chiqmadi", - dedi Marotta.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports