

Dani Alves yangi tajriba kerakligini aytdi. Uning qarorini hurmat qilamiz va unga omad tilaymiz, – deydi Marotta.
Braziliyalik futbolchi Turin klubi safida bir mavsum o'ynab, Italiya chempioni va Italiya kubogi sohibi bo'ldi, bundan tashqari YCHL finaliga qadar yetib bordi.
Oldinroq Alves Manchester Sitiga o'tayotgani aytilgandi.




