"Yuventus" Bernardeski bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi
22 apr 2022 12:18
Yangiliklar


"Yuventus" Bernardeski bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi
"Yuventus" yarim himoyachisi Federiko Bernardeski mavsum so'nggida jamoadan ketadi.
Turin klubi 28 yoshli xavbek bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi.
Futbolchining "keksa sinora" bilan shartnomasi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan. Tomonlar kelishuvni uzaytirish borasida kelisha olishmadi.
Italiyalik futbolchi 2021/22 yilgi mavsum "Yuventus" tarkibida barcha musobaqalarda 30ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 6ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar