So’nggi yangiliklar

19:10Равшан Аҳмедов: "Олимпик"нинг барча жабҳаларда "Локомотив БФК"дан устунлиги кўриниб турди"  0 19:04Сервер Жепаров: "Ўзбекистон кубогида гуруҳдан биринчи ўрин билан чиқиш вазифаси қўйилган"  0 18:55Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг Кувайтга қарши таркиби маълум  11 18:52Февзи Давлетов: "Учрашув биз учун осон ўтмади"  0 18:34Ўзбекистон Кубоги. "Олимпик MobiUZ" ва "Локомотив" баҳсида 4 та гол, 2 та қизил карточка кўрсатилди   1 18:30Ўзбекистон кубоги. "Локомотив"да кутилмаган дуранг, "Олимпик"да йирик ғалаба ва бошқа натижалар  3 18:22РПЛ. "Рубин" ва "Локомотив" муроса кўчасини танлашди, ҳакам Ашурматовга қизил карточка кўрсатди  0 18:07Ўзбекистон Кубоги. "Сурхон" "Чиғатой" билан ўйинда иродали ғалабага эришди  1 18:00Гвардиола "Челси"га қарши ўйиндан аввал Палмерни мақтаб қўйди  0 17:38"Рома"нинг Лукакуни сотиб олишга пули йўқ  3 17:00Ироқ ОТЖ етакчиси: "Ўзбекистон кучли терма жамоа эканлигига шубҳа қилмаймиз, аммо плей-офф ҳақида ўйлашга ҳали эрта"  13 16:36Туркманистон клуби Гиннес рекордини янгилади, бироқ у тан олинмади. Нима учун?  18 16:19"Тоттенхэм" "Арсенал" собиқ ҳужумчисини сотиб олмоқчи  1 15:20"Севинч" ва "Сўғдиёна" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 15:00РПЛ. "Рубин" - "Локомотив": Ашурматов ўйинни асосий таркибда бошлайди  2

ECHL. Morataning 3ta goli bekor qilingan bahsda "Barselona" "Yuventus"ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

ECHL. Morataning 3ta goli bekor qilingan bahsda "Barselona" "Yuventus"ni mag'lubiyatga uchratdi

"Yuventus" hamda "Barselona" o'rtasidagi CHempionlar ligasi guruh bosqichining 2-tur uchrashuvi yakunlandi.

Juventus

Champions League Grp. G . 2-tur

29/10/2020, 00:00

2
:
0
Tugadi

Barcelona

Ousmane Dembele - 14', Lionel Messi - 90'

Stadion: Allianz Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Danny Makkelie

45'
90'
45'  Dejan Kulusevski
55'  Alvaro Morata
70'  Merih Demiral
74'  Juan Cuadrado
75'  Dejan Kulusevski (Weston McKennie)
79'  Adrien Rabiot
83'  Rodrigo Bentancur (Arthur)
83'  Adrien Rabiot (Federico Bernardeschi)
85'  Merih Demiral
14'  Ousmane Dembele
46'  Ronald Araujo (Sergio Busquets)
60'  Sergi Roberto
66'  Ousmane Dembele (Ansu Fati)
89'  Antoine Griezmann (Junior Firpo)
90'  Lionel Messi
90'  Pedri (Martin Braithwaite)


"Yuventus" - "Barselona" 2:0

Gollar: 0:1 – 14 Dembele, 0:2 – 90, penalti Messi.

"Yuventus" – SHesni, Danilo, Bonuchchi, Demiral, Bentankur (Artur, 83), Kuadrado, Kulusevski (Makkenni, 75), Rabo (Bernardeski, 83), Keza, Morata, Dibala.

"Barselona" – Neto, Serdji Roberto, Arauxo (Buskets, 46), Alba, Langle, Pyanich, de Yong, Dembele (Fati, 66), Pedri (Breytueyt, 90), Grizmann (Firpo, 89), Messi.

Ogohlantirishlar: Kulusevski (45), Serdji Roberto (60), Demiral (70), Kuadrado (74), Rabo (79).

CHetlatish: Demiral (85).



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+1. GOOOL! Messi chap yuqori burchakni nishonga olib, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi.

90. PENALTI! Fati raqib jarima maydonchasi ichida yiqitildi.

89. O'zgarish: Omadi kelmagan Grizmann o'rniga Junior Firpo maydonga tushdi.

85. Qizil kartochka: Demiral qarshi hujumga o'tayotgan Pyanichning oyog'iga tepdi va maydondan haydaldi.

83. O'zgarish: Rabo o'rniga Bernardeski, Bentankur o'rniga Artur maydonga tushdi.

83. Dibala raqib jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilayotganda qo'li bilan o'ynagani uchun hakam o'yinni to'xtatdi.

80. Rabo Messiga nisbatan qo'pol o'ynagani tufayli sariq kartochka bilan jazolandi.

78. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan MakKenni o'ng oyog'i bilan darvozaning uzoq burchagini nishonsha olishga urindi. To'p u istagan yo'nalish bo'yicha uchmadi va maydonni tark etdi.

75. Grizmannnnn... Antuan o'ta qulay vaziyatdan gol ura olmadi, to'p darvoza ustunini silab, o'tib ketdi.

74. Kuadrado raqib jarima maydonchasida yiqilib oldi va hakam unga simulyaciya uchun sariq kartochka ko'rsatdi.

72. Messi ikki raqibi orasidan o'tib "Yuve" jarima maydonchasiga kirdi, ammo zarba berish o'rniga yana bir futbolchini aldashga urindi va hujum yo'qqa chiqdi.

70. Sariq kartochka. Messi raqibning ikki futbolchisini aldab o'tgandi, ammo Demiral markazdayoq raqibini yiqitib qo'ya qoldi.

66. O'zgarish: Dembele o'rniga Ansu Fati maydonga tushdi.

64. Leo yana o'sha usulni qo'lladi va bu safar Pedri qulay vaziyatga chiqdi. Yosh futbolchi to'pga zarba beraman deya ikki himoyachini "xot-dogga jo'natdi", ammo bergan zarbasi faqat burchak zarbasi bilan yakun topdi.

62. Pedri ajoyib harakat bilan Kuadradodan qochib, to'pni Messiga uzatdi. Leo esa raqib futbolchilari yig'ilib turgan tomonga o'zini otdi va to'pni o'ng qanotda ochiq qolgan Dembelega berdi. Usmon esa zarba o'rniga to'pni Messiga qaytardi va vaziyat chipakka chiqdi.

60. Sariq kartochka. Serxi Roberto Kezaga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun jazolandi.

55. GOOOL! Morata hisobni tenglashtirdi. Biroq hakam VARga murojaat qilyapti. Hamma VAR qarorini kutmoqda... OFSAYD. Morata jamoadoshining uzatmasi payti Langledan biroz orqaroqda turgan ekan.

54. Messi Dembele bilan tika-taka uslubida raqib jarima maydonsasiga yorib kirishga urindi, ammo himoyachilar so'nggi pallada to'pni olib qo'yishdi.

52. Messining standartdan jarima maydonchasi ichiga tashlagan to'pini "Yuventus" himoyachilari qaytardi.

51. Langle raqib jarima maydonchasi oldida jarima zarbasi ishlab oldi. To'p qarshisida Messi.

50. Messi Dembelening kutilmagan pasini raqib jarima maydonchasi oldida qabul qildi, ammo orqaroqda kelayotgan "Yuve" futbolchisi to'pni Leodan olib qo'ydi.

46. Ikkinchi bo'lim startidan oldin o'zgarish amalga oshdi. Arauxo o'rniga Buskets maydonga tushdi.

TANAFFUS

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

35. XAVFLI VAZIYAT! Messi tezkor qarshi hujum amalga oshirdi va to'pni o'zidanda yaxshi vaziyatda bo'lgan Dembelega uzatdi. Usmonning zarbasidan so'ng to'p yana o'ziga tushdi va franciyalik to'pni orqaroqdagi hamyurti - Grizmannga berdi. Antuan esa zarba beradigan paytda biroz o'ylanib qoldi va Messiga pas beraman deb, to'pni yo'qotdi.

33. Grizmanning uzatmasini Pedri ila olmadi, ammo uzatmani Kuadrado ham to'xtata olmaganidan so'ng chap qanot himoyachisi Xordi Alba to'pga kuchli zarba berdi. Biroq to'p yo'nalishi juda noaniq.

30. GOOOL! Lekin yon hakam yana bayroqchasini ko'tardi... OFSAYD ekan.

23. Grizmann ajoyib uzatma bilan Messini zarba beradigan vaziyatga chiqardi, ammo Leoning zarbasi biroz noaniq bo'ldi.

20. Morata hujumda zarba berish o'rniga, raqibga nisbatan qo'pollik ishlatdi va to'p "Barselona" tasarrufiga o'tdi.

18. Pyanich himoyadan chiqib ketishda 2ta o'ta qo'pol xatoga yo'l qo'yib, to'pni raqiblarga topshirib qo'ydi, biroq uning baxtiga "Barselona" himoyachilari ishonchli o'ynashmoqda.

16. Morata tezda muvozanatni tikladi... Yo'q, Alvaroda ofsayd bor ekan. Hakam ishonch hosil qilish uchun VARga murojaat qildi.

14. GOOOL! DEMBELE! Usmon Dembele Leoning qarama-qarshi qanotdan uzatgan zargarona pasini qabul qildi va qarshisidagi ikki himoyachidan qochib, markazroqqa surilib, darvozaga zarba berdi. To'p rikoshet bo'lib havoga Dembele kutganidan balandroq ko'tarildi va darvozadan joy oldi.

10. Dembele o'ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga kirishga urindi, ammo har doimgidek raqibni aldashga urinib, to'siz qoldi.

5. Ilk daqiqalardan o'ta keskin o'yin guvohi bo'lyapmiz, ikkala jamoa ham tezda hisobni ochishga urinishmoqda.

3. Eslatib o'tamiz, "Yuventus" - ananaviy oq-qora, "Barselona" esa - pushti va qora rangli formalarda harakat qilmoqda.

2. "Barselona" ilk daqiqalardan raqibga bosim uyushtirdi va Demiral kutilmaganda to'pni Messiga topshirdi. Leoning zarbasini Bonuchchi to'sib qoldi. Burchakdan uzatilgan to'pdan so'ng "Yuve" himoyachilari to'pni qaytargandek bo'lishdi, ammo Pyanichning harakatlari evaziga Grizmann o'ta xavfli vaziyatga ega bo'ldi va zarba berdi... To'p to'singa tegib qaytdi.

1. Uchrashuv boshlandi.


"Yuventus" – "Barselona"

"Alyanc Stedium"

Yuventus – SHesni, Danilo, Bonuchchi, Demiral, Bentankur, Kuadrado, Kulusevski, Rabo, Keza, Morata, Dibala.

Barselona - Neto, Arauxo, Grizmann, Pyanich, Messi, Dembele, Langle, Pedri, Alba, Roberto, de Yong.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика