"Yuventus" Allegrining istefoga chiqarilishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
20 sen 2022 12:47
Yangiliklar
"Yuventus" Allegrining istefoga chiqarilishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
"Yuventus" rahbarlaridan biri Mauricio Arrivabene bosh murabbiy Massimiliano Allegrining istefoga chiqarilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
"Allegrini ishdan bo'shatish aqlsizlik bo'ladi. Bizda to'rt yillik rivojlanish rejasini o'z ichiga olgan uzoq muddatli loyiha bor", – dedi Arrivabene.
Avvalroq "Yuventus" mutaxassisni istefoga chiqarishi uchun unga 36 million evro tovon puli to'lashi kerakligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Ko'plab nashrlarda uning o'rniga Massimo Karrera yoki Paolo Montero olib kelinishi mumkinligi haqida xabarlar chop etilgan edi.
Malumot o'rnida, Turin klubi Italiya A Seriyasi 7 turidan keyin 10 ochko bilan 8-o'rinda bormoqda.
Fikrlar