"Yuventus" Alabaga qiziqmoqda. Yozda u "Bavariya"dan tekinga ketishi mumkin
11 okt 2020 11:00
Yangiliklar
"Yuventus" Alabaga qiziqmoqda. Yozda u "Bavariya"dan tekinga ketishi mumkin
"Bavariya" himoyachisi David Alaba mavsum yakunlanganidan so'ng faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.
28 yoshli Avstriya terma jamoasi o'yinchisiga Turinning "Yuventus" klubi qiziqish bildirmoqda.
Turinliklar Alaba bilan tekinga shartnoma imzolashi mumkin, sababi uning Myunxen klubi bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Tomonlar hali bitimni uzaytirish borasida kelishuvga erishishmagan. Himoyachini o'tgan transferlar oynasida "Manchester Siti" o'z safiga qo'shib olishga uringan edi. Alabaning o'zi faoliyatini Ispaniyada davom ettirishni xohlamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar