"Yuventus" A Seriyadagi raqibidan hujumchisini olib qo'ymoqchi
29 may 2018 14:12
Yangiliklar


"Yuventus" A Seriyadagi raqibidan hujumchisini olib qo'ymoqchi
"Yuventus" "Inter" hujumchisi Mauro Ikardini nishonga oldi.
Malumotlarga ko'ra, Turin klubi argentinalik uchun nerazurrilarga 50 mln. evro va forvard Gonsalo Iguainni talkif qilishga ulgurdi. "Yuventus" o'z futbolchisini 60 mln. evroga baholamoqda.
"Keksa sinora" vakillari yuristlardan Ikardining shartnomasini o'rganib chiqishni so'radi. Bitim bo'yicha argentinalik forvard chet el klubiga 110 mln. evroga pullanishi mumkin.
Yakunlangan A Seriyada 25 yoshli Ikardi 34ta bahsda 29ta gol urdi. Iguain esa 35ta bahsda 16 marta raqib darvozasini ishg'ol qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar