“Yuventus” 1,5 yildan keyin ilk bor safardagi o'yinda yutqazdi
13 dek 2018 07:21
Yangiliklar
“Yuventus” 1,5 yildan keyin ilk bor safardagi o'yinda yutqazdi
“Yuventus” ECHLning so'nggi 6-turida “Yang Boyz”ga safarda 1:2 hisobida engildi.
Bu Turin klubining 2017 yil 19 noyabridan beri safardagi ilk o'yinda yutqazishidir. Jamoa o'shanda A Seriya doirasida “Sampdoriya”ga 2:3 hisobida yutqazgandi. SHunday so'ng klub 26 ta rasmiy safar o'yinlarida qatnashib, 23 ta g'alabani qo'lga kiritdi, 3 ta o'yinda esa durang qayd etdi.
Fikrlar