"Yuve" posboni Pinsolo Ronaldu ijrosidagi jarima zarbalari haqida: "Mashg'ulotlarda u faqat gol uradi"
27 mar 2021 14:43
Yangiliklar
"Yuve" posboni Pinsolo Ronaldu ijrosidagi jarima zarbalari haqida: "Mashg'ulotlarda u faqat gol uradi"
"Yuventus" posboni Karlo Pinsolo jamoadoshi Krishtianu Ronalduning jarima zarbalarini ijro etishi haqidagi tanqidlarga javob berdi.
Turinga ko'chib o'tgach, portugaliyalik 69 marta jarima zarbasini amalga oshirgan va faqatgina 1 bor gol urishni uddaladi.
"Mashg'ulotlarda uning har bir urinishi golga aylanadi. Nega uchrashuvlarda bu holat takrorlanmayapti? To'g'risi, bilmayman. Ha, rasmiy o'yinlar mashg'ulotdan farq qiladi, ammo aslida gap nimadaligini bilmayman, balki shunchaki omad kelmayotgani sabablidir.
Krishtianu ikkimiz o'rtamizda chinakam do'stona aloqalar bor. Klubdagilar hatto meni Ronaldu va portugaliyaliklar bilan Evroga boradi, deb xazillashib turishadi.
Krishtianu – sodda yigit, yulduz emas. U bosiq, xazilni va xushchaqchaq insonlarni yaxshi ko'radi", – dedi Pinsolo.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar