"Yuve" MYUga rad javobini berdi
26 dek 2018 22:57
Yangiliklar


"Yuve" MYUga rad javobini berdi
"Yuventus" o'z vingeri Duglas Kostani "Manchester Yunayted"ga sotishga rozi bo'lmadi.
"Calciomercato" xabariga ko'ra, mankunianliklar futbolchini 60 million evroga sotib olishga roziligi borasida malumotlar berilgandi. Biroq "keksa sinora"larga bu summa kamlik qilgan.
Bu mavsum "Yuventus" safida 16 o'yinda qatnashib, 2 golga assistentlik qilgan Duglas Kosta "Transfermarkt" tomonidan 45 million evroga baholangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar