So’nggi yangiliklar

23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  1 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  1 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  0 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  2 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  0 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  2 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  24 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  24 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  15

"Yuve", "Milan" yoki "Napoli"? (turnir jadvalidagi murakkab vaziyat haqida) Yangiliklar

"Yuve", "Milan" yoki "Napoli"? (turnir jadvalidagi murakkab vaziyat haqida)

"Milan" kutilmaganda "Kalyari" bilan o'yinda ochko yo'qotdi va CHempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini xavf ostida qoldirdi.

Endi "Milan", "Napoli" va "Yuventus" so'nggi turda ECHL yo'llanmasi uchun kurash olib boradi. Top-4'ga kirish uchun bir qator ehtimoliy kombinaciyalar mavjud. Quyida shu haqda malumot beramiz. 

Ayni paytda 3 va 4-o'rinlar "rossoneri" hamda "adzurrilar"da (76 ochko), keyingi pog'onada "keksa sinora" - 75. 

Turnir jadvali

"Milan" 38-turda "Atalanta" mehmoni bo'ladi, "Napoli" "Verona"ni qabul qilsa, "Yuventus" "Bolonya"ga safar qiladi. 

• "Milan" 76 ochko:

- Agar "Milan" "Atalanta"ni mag'lub qilsa, nafaqat CHempionlar Ligasiga yo'llanma oladi, balki bergamoliklardan o'zib kumush medallarni kafolatlaydi. 

- O'zaro o'yinlar natijasi inobatga olinadigan bo'lsa, "Milan" "Napoli" va "Yuventus"dan yaxshiroq holatda. 

• "Napoli" 76 ochko:

- Agar "Napoli" "Verona"ni mag'lub qilsa, kuchli to'rtlikka kirishi kafolatlanadi. 

- O'zaro uchrashuvlar natijasi inobatga olinsa, "Napoli" "Milan"ga yutqazgan, "Yuventus" bilan esa tenglik qayd etilgan. 

- O'zaro o'yinlar natijasi teng kelgan holatda to'plarning umumiy nisbatiga murojaat qilinadi. Bunda "Napoli" (+45) "Yuventus"dan (+36) yuqorida. 

• "Yuventus" 75 ochko:

- "Yuventus" "Bolonya"ni mag'lub qilishi va to'g'ridan-to'ri raqiblarining ochko yo'qotishini kutishi kerak. 

- Yana bir muqobil variant bor: "keksa sinora" "Bolonya" bilan durang o'ynashi, "Milan" va "Napoli"ning mag'lubiyati. 

 

Bunday holatda uchchala jamoaning ochkolari tenglashadi (76) va "Avulsa" klassifikaciyasi boshlanadi. Bu jamoalarning faqat bir-biriga qarshi o'yinlari inobatga olinadigan mini-liga. 

Natijada, "Milan", "Yuventus" va "Napoli"ning har birida 6 tadan ochko bo'ladi. SHu tufayli o'zaro bahslardagi to'plar nisbatiga murojaat qilinadi va "Napoli" 5-pog'onaga tushib ketadi. Gap shundaki, "Milan"da to'plar nisbati ideal holatda (+2), "Yuve" va "Napoli"da esa -1. SHu tufayli "byankonerilar" "Napoli"ga nisbatan ko'proq gol urgani tufayli yuqoriga joylashadi. 

• O'zaro natijalar: 

- "Milan" 

"Milan" 1:3 "Yuventus" 

"Yuventus" 0:3 "Milan" 

"Napoli" 1:3 "Milan" 

"Milan" 0:1 "Napoli" 

 

- "Napoli"

"Napoli" 1:3 "Milan" 

"Milan" 0:1 "Napoli" 

"Napoli" 1:0 "Yuventus" 

"Yuventus" 2:1 "Napoli" 

 

- "Yuventus"

"Milan" 1:3 "Yuventus" 

"Yuventus" 0:3 "Milan" 

"Napoli" 1:0 "Yuventus" 

"Yuventus" 2:1 "Napoli"  

• "Avulsa" klassifikaciyasi jadvali: 

1. "Milan" 6 ochko — (urilgan: 7, o'tkazilgan: 5, nisbat: + 2);

2. "Yuventus" 6 ochkov (urilgan: 5 o'tkazilgan: 6, nisbat: -1);

3. "Napoli" 6 ochkov (urilgan: 4 o'tkazilgan: 5, nisbat: -1).

Muallif :
Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика