So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  0 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  2 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  7 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  10 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12

"Yuve" 82,3 mln. evroga futbolchi sotdi, yangilarga esa 21,7 mln. evro ishlatdi Yangiliklar

"Yuve" 82,3 mln. evroga futbolchi sotdi, yangilarga esa 21,7 mln. evro ishlatdi

Teglar :  Yuventus
"Yuventus" yozgi transfer oyasida pul iqtisod qilishga muvaffaq bo'ldi.

"Yuventus" yozgi transfer oynasida 21 mln. evrolik xaridlar amalga oshirdi, futbolchilarni sotishdan esa 82,3 mln. evro ishlab oldi. Malumotlarga ko'ra, ortiqcha mablag' foyda va zarar hisobini balansga tenglashtirishga yordam beradi, bu esa akciyadorlar va UEFA tomonidan talab qilinadi.

Bundan tashqari, "Yuventus" ish haqi xarajatlarini 36 million evroga, yani umumiy ish haqi fondining 15 foiziga kamaytirishga muvaffaq bo'ldi. Bu Anxel Di Mariya, Leandro Paredes, Xuan Kuadrado va Leonardo Bonuchchilarning ketishi evaziga sodir bo'ldi.

SHunga qaramay, ushbu yozdagi sotuvlar hisobotga jiddiy tasir o'tkazmaydi. Masalan, Denis Zakariyaning 20 million evroga sotilishi keyingi hisobotda atigi 4,6 million sifatida aks ettiriladi, Nikolo Rovella va Luka Pellegrini transferlaridan tushgan daromad "Yuve"ni qadrsizlanishdan xalos qilmasdan, ikki yildan so'ng xarid amalga oshirilganda qayd etiladi.

"Yuventus" yozgi transfer oynasida 40 mln. evro ishlab olinishi ko'zlangan Dushan Vlaxovichni sota olmadi. Bundan tashqari, kelasi yili serbning maoshi avtomatik tarzda 12 million evroga ko'tarilishi turinliklarni bosim ostida qoldiradi.

Hozirgi sharoitda "Yuve" 22/23-moliyadagi hisobotlarning yaxshilanishini kutmoqda (so'nggi yillardagi katta yo'qotishlar bilan solishtirganda), ammo 23/24-moliyadagi vaziyat Exor oldini olishni istaydigan kapitalni oshirishdan qochib qutula olmaydi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика