Yuriy Jirkov:Faoliyatim oxirida Baltika yoki Tambovda o'ynasam yaxshi bo'lardi
17 iyu 2016 15:55
Yangiliklar
Yuriy Jirkov:Faoliyatim oxirida Baltika yoki Tambovda o'ynasam yaxshi bo'lardi
- Evropa chempionati o'yinlarini tomosha qildingizmi?
- Yig'ingacha tatilda Kaliningradda oilam davrasida tomosha qildim. Terma jamoamiz musobaqani yomon boshlamagandi. Angliya bilan durang o'ynashdi. Ammo keyingi o'yinlarda nimadir bo'ldi.
- Leonid Sluckiy o'z intervyusida sizni nima uchun qita chempionatiga bormaganingizni aytdi. Bundan tashqari, Franciyaga qarshi bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvidan keyingi baqirib gaplashganlaring haqida ham esladi...
- Baqirib gaplashmaganmiz. To'g'ri, gaplashganmiz. Ammo men qizishmaganman.
- Sluckiy Jirkov biroz qizishib ketdi. Men esa xotirjam edim dedi...
- Men ham xotirjam gapirishga harakat qildim.
- Murabbiyning aytishicha, bu yoqimsiz suhbatning sababi taktikada ekan.
- Unchalik emas. Keling shu haqda gaplashmaylik.
- Yakunda sizni Evropa chempionatiga boradigan tarkibga kiritishmadi. SHundaymi?
- Ha. Rossiya chempionatining so'nggi turidan o'rin olgan Dinamoga qarshi uchrashuvni o'tkazib Peterburgga qaytdik. SHundan so'ng Leonid Viktorovich qo'ng'iroq qilib, Evropa chempionatiga bora olasanmi, deb so'radi. Men esa jarohat tufayli yordam berolmasligimni aytdim.
- Sluckiyning aytishicha, Vasiliy Berezuckiy Franciyada kichik jarohat bilan o'ynagan.
- Bir paytlar men ham jarohat bilan o'ynaganman. Lekin bu safargi jarohatim bunga yo'l qo'ymasdi. Bu bilan hazillashib bo'lmaydi. SHirokov ham aynan shunday jarohat tufayli jahon chempionatiga bora olmagandi.
- Franciyaga bormaganingizdan xafa bo'ldingizmi?
- Albatta. Tan olib, murabbiyga bu haqda o'zingiz aytsangiz, ikki baravar alamli. Lekin baribir to'g'ri ish qildim, deb o'ylayman. Hozir mavsumga xotirjam tayyorlanayapman.
- CHempionat davomida uyda qolganingizga ikki karra xafa bo'lgandirsiz?
- Slovakiya va Angliyaga qarshi o'yinlardan so'ng Kaliningrad va Moskvada yonimga odamlar kelib etiroz bildirishdi.
- Qanday javob berdingiz?
- Nima uchun u erga bormaganimni, men haqimda qanday fikrda ekanliklarini aytishdi. Umuman olganda, muxlislar Rossiyadagi barcha futbolchilarga etiroz bildirishdi. Tanqidni to'g'ri qabul qilaman. Lekin bu darajada oshirib yubormaslik kerak.
- Hozir siz Sluckiyga, u sizga qo'ng'iroq qilishi mumkinmi?
- Zayavkadan oldin gaplashgandik. Hammasi joyida.
- Ayrim mutaxassislarning fikricha, Franciyada Rossiya terma jamoasining qanotlardagi o'yinlari ko'ngildagidek bo'lmagan. Bu fikrga qo'shilasizmi?
- Qanotlarda maydonga tushgan futbolchilarni aybdor deb hisoblamayman. Misol uchun, Smolnikov yoki SHennikovni. To'g'ri, gollar qanotdan oshirilgan to'plar evaziga urildi. Ammo markazdagilar ham yordam berishlari kerak edi.
- Uels bilan bo'lgan uchrashuvdagi mashhur kadrni tomosha qilgan bo'lsangiz kerak. Rossiya terma jamoasining etti nafar futbolchisi markazga to'planib olib, Uelsning qanotdagi bir futbolchisiga tikilib turishgan. Bunga qanday izoh berasiz?
- Bunday vaziyatni izohlash qiyin. O'sha vaziyatda qarshi hujum bo'lgan. Demak, kimdir to'pni yo'qotgan va barcha o'zi istamagan holda markazga to'planib qolgan.
- Terma jamoa futbolchilariga muxlislar tomonidan yana bir etiroz. Ular Uelsga qarshi uchrashuvda, umuman, ehtirosga berilmadilar. Evropa chempionati kabi nufuzli turnirda shunday bo'lishi mumkinmi?
- Bunga hayajonlanish sabab bo'lishi mumkin. CHunki jamoada bunday turnirda ilk bor ishtirok etayotgan futbolchilar ko'p edi. SHennikov, Golovinlar shular jumlasidan.
- Siz uchun asosiy savol. Terma jamoada qolasizmi?
- Eshitishimcha, ayrimlar terma jamoani tarqatib yuborish borasida imzo to'plashayotgan ekan. Bunga qadar men va Ignashevich kabi qariyalarni haydab yuborish to'g'risida ham gap-so'zlar bo'ldi. Mayli haydab yuboraverishsin.
- Internetdagi bunday peticiyalar sizni xavotirga soladimi?
- Albatta, yo'q. Lekin yaqinda bir narsani o'qib qoldim. Uels bir necha yillardan buyon yarim finalga chiqqan Britaniyaning ilk jamoasi ekan. Ko'plab mashhur futbolchilar bunday turnirlarda pley-offga ham chiqa olishmagan. Rossiya terma jamoasi esa, yarim finalda 2008 yili o'ynagan. Franciyada yigitlar shunchaki vaqt o'tkazish uchun maydonga tushishdi deb hisoblamayman. SHunchaki qaysidir vaziyatda o'yin qovushmadi. Albatta, natija hech kimni qoniqtirmadi.
- Umuman olganda, sizni terma jamoaga chaqirishsa ha, deb javob berasizmi yoki yo'q?
- Bir narsa deyish qiyin. Har holda qatiy yo'q deb javob bermayman. U yog'ini vaqt ko'rsatadi. Hammasi yangi keladigan murabbiyga bog'liq. Umid qilamanki, u o'zi istagan futbolchilarni taklif qiladi. Boshqalar fikrini maqullamaydi.
- 2018 yili 34 yoshda bo'lasiz.
- Agar Zenit safida yaxshi o'ynasam, terma jamoa murabbiyi bunga etibor bersa, hammasi yaxshi bo'lishi mumkin. Ayni paytda esa bir narsa deb bo'lmaydi.
- Kelajagingizni aynan Zenit bilan bog'layapsizmi?
- SHartnomam yakunlanguncha - ha.
- Keyin, aytaylik, Timoshuk va Arshavin singari Qozog'istonda o'ynashingiz mumkinmi?
- O'ylashimcha, faoliyatim oxirida Baltika yoki Tambovda o'ynasam yaxshi bo'lardi. Albatta, ular chaqirishsa (kuladi).
- Qachonlardir Rossiya terma jamoasining o'z Beyli bo'lishi mumkinmi?
- Albatta, bir paytlari terma jamoamiz tarkibida Arshavin, Pavlyuchenko, Semak, Ziryanov kabi futbolchilar o'ynashgan. Ular haqiqiy etakchilar edi. Yangilar chiqishi uchun esa, yoshlarga imkon berish kerak.
- Gap legionerlar limitiga borib qadalyapti. Sluckiy limitga qatiy qarshiligini bildirdi. Sizning fikringiz qanday?
- Menimcha, limit olib tashlansa, futbolimiz ziyon ko'radi. Ayrim klublar legionerlar uchun katta pullarni sarflashadi. Qanday futbolchi kelishini esa bilib bo'lmaydi.
- Bundan chiqish yo'li qaerda?
- Avvaliga limitni engilroq qilish kerak edi. Aytaylik, oldingidek 6+5.
- Terma jamoani mahalliy murabbiy boshqargani yaxshimi yoki xorijlik.
- Menimcha farqi yo'q.
- Misol uchun, Rossiya terma jamoasini Andre Villash-Boash boshqardi.
- U hech kimning fikriga quloq solmaydi. Terma jamoaga o'sha paytda eng kuchli bo'lgan futbolchilarni taklif qiladi.
- Kokorin va Mamaev mojarosi haqidagi fikringiz qanday?
- Agar Evropa chempionatidagi natijalar bunchalik past bo'lmaganida ularni hech kim muhokama qilmasdi.
- 2012 yili ham shunday vaziyat bo'lganmidi?
- Biz mehmonxonada yopiq o'tirgandik. Hattoki rafiqalarimizni ham kiritishmagandi. Terma jamoa yomon o'ynaganidan keyin esa, qandaydir insonlar paydo bo'ldi va provokaciyalar boshlandi.
- Kokorin va Mamaev Monte-Karlodagi kecha uchun uzr so'rashlari kerakmi?
- Bu vaziyatga baho bera olmayman. Ular tatilda, jamoadan tashqarida bo'lishgan.
Fikrlar