So’nggi yangiliklar

14:30Ла Лига етакчиларидан бири "Олтин бутса" соҳиби билан шартнома имзолади  0 14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  1 13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0 12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  1 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  1 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  4 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  7 11:38"Челси" ёзда футболчилар сотувидан ҳаммадан кўп пул ишлаб топди  6 11:15Муса "Милан"ни "Аталанта"га алмаштирди  0 10:40Мануэль Аканжи фаолиятини Италияда давом эттиради  0 10:07"Ливерпул"га ўтган Исак нималар деди?  7 09:38"Ливерпуль" рекорд ўрнатди  3 09:12"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олди  3 08:42Расман. 38 ёшли Варди фаолиятини Италияда давом эттиради  1

Yuriy Lukin: Noqulay ob-havo ham futbolchilar ishtiyoqini so'ndira olmadi Yangiliklar

Yuriy Lukin: Noqulay ob-havo ham futbolchilar ishtiyoqini so'ndira olmadi

"Qizilqum" - "Andijon" bahsidan so'ng, har ikki jamoa bosh murabbiylari fikri bilan qiziqdik.
Yuriy Lukin, "Qizilqum" jamoasi bosh murabbiyi:

- O'yin oldidan raqibimizni jiddiy o'rganishga harakat qildik. "Andijon" futbolchilarining dastlabki turda imkoniyatni boy bergan bo'lsa-da, "Paxtakor"ga qarshi qanday o'ynaganliklaridan xabarimiz bor edi. SHu bois, ularga qarshi jangovor tarkibni maydonga tushirdik. Butun uchrashuv davomida ko'proq to'pni nazorat qilishga, xavfli vaziyatlar sodir etishga harakat qildik. Ammo qulay vaziyatlarni golga aylantirishlari uchun  noqulay ob-havo hamda maydonning bugungi holati jiddiy tasir qildi. Ammo bu yigitlarimiz ishtiyoqini so'ndira olmadim. Bizni butun o'yin davomida olqishlab, qo'llab quvvatlagan muxlislarimiz hurmati uchun ham g'alaba qozonishimiz shart edi. Muhim uch ochkoni qo'lga kiritganimizdan xursandman.

- Oldinda ikkita jiddiy uchrashuv kutib turibdi. Avvaliga Toshkentda "Paxtakor", keyin esa Farg'onada "Neftchi" jamoasi bilan o'ynaymiz. Bugungi sharoitda futbolchilarning jarohat olishi hech gap emas edi. Xayriyatki, o'yin jamoamiz uchun xayrli yakunlandi. Endi bor etiborni oldindagi o'yinlarga puxta hozirlik ko'rishga qaratamiz.

Azamat Abduraimov, "Andijon" jamoasi bosh murabbiyi:

- O'z maydonimizda "Paxtakor" bilan o'tgan o'yinda mag'lubiyatga uchragan bo'lsak-da, yigitlarni "Qizilqum" jamoasiga qarshi uchrashuvga jiddiy tayyorlagandik. Bugun futbolchilarimiz maydonda yomon harakat qilishmadi. Faqat maydon holatining yaxshi emasligi chiroyli va tomoshabop o'yin namoyish etishimizga yo'l qo'ymadi. Bunaqa ob-havoda har doim ham o'zing kutgan natijani qayd qilish, o'ylagan rejalaringni amalga oshirish amrimahol. "Qizilqum" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Hayot davom etmoqda. Barcha etiborni oldindagi uchrashuvlarda boy berilgan ochkolar o'rnini qoplashga qaratamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика