So’nggi yangiliklar

14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  2 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  0 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  2 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  11 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  1 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  5 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5

Yuriy Lukin: "Bugungi g'alaba SHevchenkoning tug'ilgan kuniga sovg'a bo'ldi" Yangiliklar

Yuriy Lukin: "Bugungi g'alaba SHevchenkoning tug'ilgan kuniga sovg'a bo'ldi"

"Qizilqum" - "SHo'rtan" jamoalari bahsidan so'ng, mezbonlar bosh murabbiyi Yuriy Lukin o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi.
- Bugun havo juda issiq edi, - dedi Yuriy Pavlovich. - Bu esa har ikki jamoa azolarining maydonda faolroq va tezkor o'yin namoyish qilishiga jiddiy tasir qildi. G'alaba uchun yigitlarga rahmat! Muxlislarimizni kayfiyatini ko'tara olganimizdan xursandman.

Afsuski, qo'lga kiritilgan oxirgi uch uchrashuvda ham birinchi bo'lib raqiblarimiz hisobni ochishdi. Jamoamiz azolari bundan tushkunlikka tushmay o'zlarida g'alabaga kuch topa olganliklari kishiga ruh bag'ishlaydi. Qolaversa, "SHo'rtan" tarkibida bir qator tajribali o'yinchilarga ega, mamlakatimizning kuchli jamoalaridan sanaladi. Raqibimizni puxta o'rganganimiz va to'g'ri taktika tanlaganimiz evaziga muhim g'alabani qo'lga kiritdik.

Bugun Vyacheslav SHevchenkoning tug'ilgan kuni! Betobligi tufayli u Muborakda maydonga tushmagandi. SHu bois, uning kayfiyatini ko'tarish uchun SHevchenkoga maydonga tushishiga imkoniyat bergandik. Jamoadoshlari bugungi g'alabani Slavaning tug'ilgan kuniga sovg'a sifatida taqdim qildilar.

Keyingi turda Toshkentga safar qilamiz. 6 iyunda "Lokomotiv"ga qarshi bo'ladigan  o'yinda ham muxlislarimizni albatta quvontirishga harakat qilamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика