So’nggi yangiliklar

10:25"Нефтчи" футболчиси "Қўқон-1912"га ўтиши мумкин  0 09:51"Насаф" колумбиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  6 09:18"Нефтчи" Жоэль Кожо учун қанча сарфлаши маълум  7 08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  1 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  1 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  1 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  1 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  1 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  3 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5

Yurgen Kloppning to'yida kuyovjo'ra bo'lgan mutaxassis "SHalke" bosh murabbiyiga aylandi Yangiliklar

Yurgen Kloppning to'yida kuyovjo'ra bo'lgan mutaxassis "SHalke" bosh murabbiyiga aylandi

Kelasi mavsumdan etiboran Gelzerkirxenning "SHalke" jamoasini David Vagner boshqaradi.

Kecha klub rasmiy sayti sobiq futbolchisi sanalgan David Vagner bilan kelishuvga erishilgani haqida malumot berdi. Unga ko'ra, David Vagner 1 iyuldan ishga kirishadi va jamoani yangi mavsumga tayyorlaydi. "SHalke" va Vagner o'rtasidagi bitim 2023 yilga qadar mo'ljallangan.


Joriy mavsumni juda yomon o'tkazayotgan va Bundesligaga 2 tur qolganida elitada rasman jonini saqlab qolgan "SHalke"ni mavsum yakuniga qadar Xuub Stevens boshqarib turadi. Bahorda esa klub rahbariyati jamoa bilan muvaffaqiyatsiz mavsumni o'tkazgan Domeniko Tedeskoni istefo chiqargandi.

Eslatib o'tamiz, Vagner bunga qadar Dortmundning "Borussiya" klubining ikkinchi jamoasi va APL vakili "Xaddersfild"ni boshqargan. Etiborli tarafi, aynan Vagner jamoani APLga olib chiqishni uddalagandi.


Qayd etish kerakki, David Vagnerni o'z vaqtida Dortmundning "Borussiya" klubini ikkinchi jamoasini boshqarishga Yurgen Klopp chaqirgan va ishonch bildirgandi. Klopp "Borussiya"dan ketgach David Vagner ham jamoani tark etgan va Angliyadan qo'nim topgandi. David Vagner Yurgen Kloppning nikoh to'yida kuyovjo'ra bo'lganligi bilan Germaniyada mashhur shaxs sanaladi.

Yangi mavsumdan etiboran Yurgen Kloppning yoqimtoy mutaxassisi David Vagner malum tanaffusdan so'ng Germaniyaga qaytadi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика