Yurgen Kloppning to'yida kuyovjo'ra bo'lgan mutaxassis "Shalke" bosh murabbiyiga aylandi

10 may 2019, 15:58
Kelasi mavsumdan e'tiboran Gelzerkirxenning "Shalke" jamoasini David Vagner boshqaradi.

Kecha klub rasmiy sayti sobiq futbolchisi sanalgan David Vagner bilan kelishuvga erishilgani haqida ma'lumot berdi. Unga ko'ra, David Vagner 1 iyuldan ishga kirishadi va jamoani yangi mavsumga tayyorlaydi. "Shalke" va Vagner o'rtasidagi bitim 2023 yilga qadar mo'ljallangan.


Joriy mavsumni juda yomon o'tkazayotgan va Bundesligaga 2 tur qolganida elitada rasman jonini saqlab qolgan "Shalke"ni mavsum yakuniga qadar Xuub Stevens boshqarib turadi. Bahorda esa klub rahbariyati jamoa bilan muvaffaqiyatsiz mavsumni o'tkazgan Domeniko Tedeskoni iste'fo chiqargandi.

Eslatib o'tamiz, Vagner bunga qadar Dortmundning "Borussiya" klubining ikkinchi jamoasi va APL vakili "Xaddersfild"ni boshqargan. E'tiborli tarafi, aynan Vagner jamoani APLga olib chiqishni uddalagandi.


Qayd etish kerakki, David Vagnerni o'z vaqtida Dortmundning "Borussiya" klubini ikkinchi jamoasini boshqarishga Yurgen Klopp chaqirgan va ishonch bildirgandi. Klopp "Borussiya"dan ketgach David Vagner ham jamoani tark etgan va Angliyadan qo'nim topgandi. David Vagner Yurgen Kloppning nikoh to'yida kuyovjo'ra bo'lganligi bilan Germaniyada mashhur shaxs sanaladi.

Yangi mavsumdan e'tiboran Yurgen Kloppning yoqimtoy mutaxassisi David Vagner ma'lum tanaffusdan so'ng Germaniyaga qaytadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia