So’nggi yangiliklar

02:35Ла Лига. "Атлетико" ўз уйида "Жирона"ни яксон этди!  0 01:54Туркия. "Фенербахче" "Ризеспор"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди. Алиқуловдан автогол  1 01:46А Серия. "Рома" "Эмполи"га ютқазди. Элдор Шомуродов жамоасининг ушбу мавсумдаги илк голига муаллифлик қилди  13 01:25Here we go! Хамес Родригес Ла Лигага қайтади  3 00:40Рўзиқул Бердиев йирик ғалабадан кейин: "Бир нарса хафа қилди"  6 00:20А Серия. "Торино" дарвозабони сўнги дақиқада пенальтини қайтариб жамоасига уч очко тақдим эттди, 2-тур ўйинлари битта саҳифада  6 00:19Александр Хомяков 0:3 ҳисобидаги мағлубиятдан кейин: "Натижа адолатли бўлди"  4 23:53Ла Лига. "Атлетико" – "Жирона". Таркиблар аниқ!  0 23:40Жамшид Саидов: "Бугунги натижа учун мен жавобгарман. Қаердадир хатога йўл қўйдим"  5 23:30Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Вальядолид", Эндрик Испания чемпионатидаги дебют ўйинида гол урди  1 23:22Туркия. "Ризеспор" Моуриньонинг "Фенербахче"сига қарши: Алиқулов асосий таркибдами?  5 23:16Александр Крестинин: "Бугун барча режаларимиз амалга ошди "   1 23:15АПЛ. "Челси" бор аламини "Вулверхэмптон"дан олди, "Ливерпул"да ишончли ғалаба. 2-тур ўйинлари битта саҳифада  0 23:07Суперлига. "Насаф" – "Андижон" 3:0. Highlights  3 22:49АПЛ. "Ливерпуль" "Брентфорд"ни мағлубиятга учратди. Салоҳ ва Диасдан гол  4

Yurgen Kloppning "Liverpul"dagi eng yaxshi 10ta tanlovi Yangiliklar

Yurgen Kloppning "Liverpul"dagi eng yaxshi 10ta tanlovi

Yurgen Klopp kelganidan so'ng, "Liverpul"dagi ishlar ijobiy tomonga o'zgardi. Nemis murabbiyi klubda ko'plab muhim o'zgarishlar qila oldi.

To'g'ri, Kloppning barcha tanlovi omadli chiqdi desak, mubolag'a bo'ladi. Biroq bir talay futbolchilar yuqori darajadagi klub — "mersisaydlar" tarkibida o'ynashga muvaffaq bo'ldi. Ularning bir qismi asosiy tarkibga o'rnashib, muxlislarning muhabbatiga sazovor bo'la oldi. Bugun Yurgen Kloppning eng omadli 10ta transferini etiboringizga taqdim etamiz. 2015 yil oktyabrdan jamoaga kelib qo'shilgan o'yinchilarning eng yaxshilarini ro'yxatga kiritdik.

10. Joel Matip, Nabi Keyta

Kamerunlik markaziy himoyachi Klopp jamoasiga "SHalke-04"dan 2016 yil fevralida o'tgan. Matip jamoadoshi Deyan Lovren bilan markaziy himoyaning asosiy o'yinchisi bo'ldi. Bu hol Virdil Van Deyk klubga kelgunga qadar davom etdi. Hozirda Joel sherigi Lovren bilan maydonga tushish uchun "kurash" olib bormoqda. SHuningdek, Matip bilan birgalikda ro'yxatning 10-pog'onasini Nabi Keyta ham egallab turibdi. U o'tgan yil yozda "Leypcig"dan "Enfild"ga ko'chib o'tdi. Keyta yuqori darajadagi o'yinchi, ammo maydonga ko'p tushmaydi. Sababi Klopp jamoasining markaz chizig'idagi raqobat juda ham yuqori.

9. Jerdan SHakiri

SHveycariya termasi yulduzi "mersisaydlar"ga kerakli o'yinchidek tuyulgandi. O'tgan mavsum "Stok Siti" CHempionshipdan chiqib ketdi. Klopp "goncharlardan" hujumdagi etakchisini olib qo'yishga qaror qildi. Texnik va tezkor SHakiri klubga ko'chib o'tdi. Lekin hali asosiy tarkibga o'rnashib olgani yo'q. Zaxiradan maydonga tushishiga qaramay, jamoaning kuchiga kuch qo'shayotgan o'yinchilardan biri hisoblanadi.

8. Aleks Oksleyd-CHemberlen

London "Arsenal"ining sobiq yarim himoyachisi "Enfild" sharoitiga moslashishi uchun bir qancha vaqt kerak bo'ldi. U jiddiy jarohat olgunga qadar yaxshi o'ynadi. Klopp hamda "Liverpul" muxlislari Aleks tezroq sog'ayib, safga qaytishini intizorlik bilan kutishmoqda.

7. Fabino

2018 yil yozda "qizillar" murabbiyi universal futbolchi — braziliyalik Fabinoni jamoaga olib kelishga muvaffaq bo'lishdi. U tayanch yarim himoyachi poziciyasida yaxshi harakatlana olmoqda. SHuningdek, qanotda ham, mudofaa markazida ham ajoyib o'ynaydi. Mavsum boshida Fabino zaxira o'rindig'ida ancha paytgacha qolib ketdi. Biroq hozir doimiy ravishda maydonga tushib, eng yaxshi o'yinchilardan biri sanaladi.

6. Alisson Beker

"Liverpul" uzoq vaqtgacha darvozabon masalasida muammolarga duch keldi. Loris Karius va Simon Minole murabbiyning ishonchini oqlay olmadi. SHuning uchun, "mersisayd" klub rahbariyati yuqori darajadagi posbon izlashga kirishdi. Alisson Bekker uchun anchagina mablag' sarflandi, biroq Beker unga sarflangan harajatni butunlay oqlamoqda. U hozirgi kunda nafaqat Angliya, balki dunyodagi eng yaxshi darvozabonlardan biri hisoblanadi.

5. Jorjino Veynaldum 

Noyob futbolchi "qizillar" tarkibiga uncha qimmat bo'lmagan narx evaziga keldi. Veynaldum katorasiga ikki mavsumda ajoyib o'yin namoyish etmoqda. Bu yarim himoyachi haqiqiy iqtidor egasi. Har qanday top-klub shunday o'yinchiga ega bo'lishni orzu qiladi.

4. Sadio Mane

CHaqqon Mane Yurgen Klopp o'yin uslubiga butunlay mos keldi. U jamoaning kuchli hujumchilar uchligidan o'rin egalladi: Salax-Firmino-Mane. Har mavsum afrikalik hujumchi bir nechta gol urishga muvaffaq bo'lmoqda.

3. Endryu Robertson

"Liverpul" atigi 10 million funt evaziga Robertsonni "Xall Siti"dan xarid qildi. Bu klubning ajoyib tanlovi bo'ldi. SHotlandiyalik oz fursat ichida Alberto Morenoni asosiy tarkibdan chiqarib yubordi. Hozirgi kunda Endryu dunyodagi eng yaxshi chap qanot himoyachilaridan biri hisoblanadi.

2. Virjil Van Deyk

Bu yigitga ham yaxshigina summa sarflangan. U haligacha dunyoning eng qimmat himoyachilaridan sanaladi. Klopp jamoasidagi yana bir muammolardan biri himoya chizig'i bilan bog'liq edi. Lekin Van Deyk kelganidan so'ng hammasi o'z o'rniga tushdi.

1. Muxammad Salah

Luis Suares "Liverpul"dan ketganidan keyin Klopp to'purar izlashga tushdi. 2017 yil klub "Roma"dan Muxammad Salahni sotib oldi. Misrlik avval Premer-liga — "CHelsi" tarkibida to'p tepgan. Biroq o'zini namoyon qila olmagan. "Mersisaydlar" tarkibida esa Salah eng yaxshi jihatlari bilan o'zini ko'rsatmoqda.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика