Klopp Serxio Ramos haqida: "Jamoamda bunday futbolchilar bo'lganida ularni tezroq ketkazishga urinardim"
01 noy 2024 15:15
Yangiliklar


Klopp Serxio Ramos haqida: "Jamoamda bunday futbolchilar bo'lganida ularni tezroq ketkazishga urinardim"
"Liverpul" sobiq ustozi Yurgen Klopp Toni Kroos bilan podkastda Serxio Ramos haqida gapirdi.
"Evropa chempionlar ligasi finalida Serxio Ramos Muhammad Salohga nisbatan maza qilib qoida buzganini barchamiz bilamiz. Uning mentalitetini hech qachon tushuna olmaganman.
Mening jamoamda bunday futbolchilar bo'lganida ularni tezroq ketkazish harakatida bo'lganman", - dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar