So’nggi yangiliklar

02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  178 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  1 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  3 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  1 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  11 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  21 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  18 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7

Yurgen Klopp: “Real juda kuchli, ammo hali biz bilan to'qnash kelmadi” Yangiliklar

Yurgen Klopp: “Real juda kuchli, ammo hali biz bilan to'qnash kelmadi”

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoasining ECHL finalida “Real”ga qarshi bahsga tayyorgarligi haqida gapirdi.

“Evropa CHempionlari ligasi final o'yini bu hazilkam bellashuv emas. Ushbu o'yinda jamoangni zafar sari boshlab tushish uchun mashg'ulotlarda o'z bilimingni shogirdlaringga uqtira olish shart. Ammo eng muhimi xotirjamlikni saqlab qolish shart. Men avvalgi final o'yinida juda emociyaga berilganim rost. 

Bunday muhim finallarda ishtirok etish har doim ham nasib etavermaydi. Men oldingi finalda ishtirok etganimda shuni his qilganman. O'shanda judayam kuchli raqibimizga qarshi fantastik o'yin ko'rsata olganmiz. O'sha o'yindan keyin menda yana bir marta shunday imkoniyat tug'ilishini his qilganman. Va mening yigitlarim menga shunday imkoniyatni taqdim etishdi.

Zidan futbol tarixidagi beshta eng yaxshi futbolchidan biri. Men “Liverpul”da u “Real”da ishlaganidan ko'proq vaqt mobaynida ishlab kelayapman. Ammo u necha marta ECHLni qo'lga kiritganiga etibor bering. U tug'ma jangchi. Biz ikkimiz ham finalda va ertaga nima bo'lishini maydonda ko'ramiz.

Bu kabi bellashuvlarda tajriba juda muhim. O'yindan oldin tashabbus “Real” tomonida. Ammo hammasi maydonda hal bo'ladi. “Real” juda kuchli raqib. Ammo ular hali biz bilan to'qnash kelishmadi.

Biz finaldamiz, chunki biz “Liverpul”miz. Bunaqa o'yinlarda o'ynash jamoaning “qon”ida bor. Ular katta g'alabalarga o'rganishgan. 

Bu mavsum Muhammad Saloh uchun darhaqiqat ajoyib o'tdi. Keyinngi bir necha yil uning Ronaldu yoki Messi darajasiga chiqa olishini ko'rsatib beradi. Ertangi bahs oldidan bir qator futbolchilarimiz asabiylashishadi. Bu normal holat. Bu shunchaki o'yin.  Ammo o'ta muhim o'yin. 

G'alaba uchun har ikkala jamoaga omad oz bo'lsa ham lozim bo'ladi. Maydonda ro'y berishi mumkin bo'lgan har qanday holatga tayyor bo'lish lozim. Biz o'zimizning imkoniyatlarimizni bilamiz va bundan mamnunmiz”, deydi Klopp.

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика