Yurgen Klopp murabbiylik faoliyatidagi 1000-o'yinni o'tkazadi
21 jan 2023 14:17
Yangiliklar
Yurgen Klopp murabbiylik faoliyatidagi 1000-o'yinni o'tkazadi
Angliya Premer ligasi 21-turi doirasidagi uchrashuvda “Liverpul” va “CHelsi” o'zaro to'qnash keladi. Jamoalar “Liverpul”ga tegishli “Enfild” o'yingohida bahs olib boradilar. Bu o'yin Yurgen Klopp uchun juda muhim bo'ladi. Sababi u turli jamoalarga ustozliq qilgan holda minglik dovonni bosib o'tishga yaqin.
Yurgen Kloppning ilk bosh murabbiy sifatida jamoasini maydonga olib tushgan o'yini 2001 yil 28 fevralda bo'lib o'tgan. O'sha bahsda uning “Maync” jamoasi “Duysburg”ni 1:0 hisobida mag'lub etgan. 2008 yilda esa u Dortmundning “Borussiya” klubi bosh murabbiyi bo'ldi. U nemis klubi bilan ikki marta Bundesligada zafar quchdi. SHundan so'ng 2015 yilda germaniyalik mutaxassis “Liverpul” boshqaruviga keldi. Ingliz klubi bilan mamlakat ligasi (2019/20) va UEFA CHempionlar Ligasi (2018/19) g'olibligini qo'lga kiritdi. Klopp “Liverpul” bosh murabbiyi sifatida 410 o'yin o'tkazdi: 249 g'alaba, 92 durang va 62 mag'lubiyat. U 60,7 foiz g'alaba ko'rsatkichiga erishdi.
Fikrlar