Yurgen Klopp: “Liverpul” hammasini to'g'ri bajardi, biroq...
31 dek 2020 08:57
Yangiliklar
Yurgen Klopp: “Liverpul” hammasini to'g'ri bajardi, biroq...
“Liverpul” ustozi “Nyukasl”ga qarshi bahsdan (0:0) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Juda ko'p vaziyatlarni sodir etdik, ammo ulardan foydalana olmadik. SHu boisdan ham tabloda 0:0 hisobi turibdi. Umuman olganda, o'yin menga yoqdi. Biroq biz o'zimiz xohlagan natijaga ega chiqmadik. Jamoa hammasini to'g'ri bajardi.
Vaziyalardan foydalanishdan boshqa biror narsa noto'g'ri bo'ldi deb o'ylamayman. Olg'a borishimiz shart. Agar oldimizda turgan kamchiliklarni tuzatsak, ko'plab o'yinlarni yutamiz. Eng so'ngida o'ylaydigan narsam — bizning musobaqa jadvalidagi o'rnimiz. Birinchi o'rin — juda yaxshi, biroq bu hali hech narsani anglatmaydi. Oldinda juda ko'p jiddiy chaqiruvlar turibdi”, — deydi Klopp.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar