Yurgen Klopp: "Lester" – "Liverpul" uchun jiddiy xatar"
29 jan 2019 23:39
Yangiliklar
Yurgen Klopp: "Lester" – "Liverpul" uchun jiddiy xatar"
"Lester"ga etakchilarga qarshi o'ynash yoqadi. Ularning qarshi hujumga moslashgan o'yini avvalgidek kuchli emas. Ammo, biz uchun juda ham jiddiy xatar yuzaga keltirishi mumkin. Bu ajoyib jamoa va ular hozir turnir jadvalidagi o'rinlaridan qoniqishmayapti. 2 yil oldin APLdagi 9-o'rin ular uchun juda ishonib bo'lmas natija hisoblanardi. Biroq, Angliya chempionatida zafar quchishgani va CHempionlar ligasida ishtirok etishganidan keyin bu klub uchun yaxshi natija bo'lmay qoldi.
Ular klubga yaxshi miqdordagi sarmoya kiritishgani ko'rinib turibdi. Haqiqatdan ham yaxshi tarkib yig'ilgan. Bunga maydon markazidagi futbolchilar, himoyachilar, hujumdagi iqtidorlar va APLning eng yaxshi hujumchilaridan biri Jeymi Vardini misol qilib aytish mumkin. Bu katta xatar degani.
"Liverpul"ga oson bo'lmaydi. Juda yaxshi o'ynash va ushbu o'yinda g'alaba qozonish uchun futbolchilardan raqib jamoani siquvga olish talab etiladi", – deya Kloppning so'zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar