Yurgen Klopp "Inter"ga qarshi g'alabali o'yindan so'ng fikrlarini bildirdi
17 fev 2022 09:57
Yangiliklar


Yurgen Klopp "Inter"ga qarshi g'alabali o'yindan so'ng fikrlarini bildirdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Inter"ga qarshi o'yindan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Yaxshi natijaga erishish yo'lini topishimiz kerak edi. O'ylaymanki, o'yinni yaxshi boshladik.
Biz yaxshi himoyalana olmadik. Bunday bo'lishi kerak emas. To'pni uzoqroq o'zimizda saqlab turishimiz kerak edi.
Bunday raqib qarshisiga kelib, sizda ajoyib kun bo'lishiga shunchaki umid qilib turish mumkin emas. Bizda u qadar yorqin kun bo'lmadi, ammo etarli darajada yaxshi bo'ldi. CHunki biz ikkita ajoyib gol ura oldik.
Biz to'pni yo'qotgan vaziyatda ularda ham qarshi hujumda imkoniyatlar bo'ldi", - dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar