Yurgen Klopp: "Immobile o'zi penalti tepishni istadi"
21 sen 2014 22:50
Yangiliklar
Yurgen Klopp: "Immobile o'zi penalti tepishni istadi"
Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp ""Maync"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
G'alabaga munosib bo'lish uchun imkoniyatlarni golga aylantirish kerak. Biz vaziyatlardan foydalana olmaganimiz etmagandek, ikki bor o'z jarima maydonchamiz ichida yomon o'ynadik va raqibga gol kiritish imkonini berib qo'ydik. Bugun mag'lubiyatga yarasha o'ynadik. Umuman olganda o'yin yomon emas. Vaziyatlar yaratdik, ammo raqib o'z imkoniyatlaridan unumli foydalandi va haqli ravishda g'alabani tantana qildi. Sen o'yinni qanday zo'r boshlasang ham, ikkinchi taymda o'z darvozangdan ikkita to'p olib chiqar ekansan, unda mag'lubiyatga loyiq o'ynagan bo'lasan. Futbolchilarimga kerakli pallada koncentraciya etishmadi. Adrian Ramos gol kiritish uchun imkoniyatlarga ega bo'ldi. Lekin o'xshamadi. Men penaltini kim tepishi kerakligini aytmagandim. CHiro Immobile o'zi bu ishni amalga oshirishni istadi. Biroq CHiro bu vaziyatda to'g'ri zarba berolmadi.
Fikrlar