So’nggi yangiliklar

23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   8 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  11 22:40Санжар Турсунов: "Жаҳон чемпионати саралашларида яхши имкониятга эгамиз"  3 22:20Ўзбекистон кубоги. Сўнгги бор финалда қачон водий дербиси бўлган?  13 21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  11 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   12 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  8 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  9 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   8 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0

Yurgen Klopp faoliyati va hayot falsafasiga nazar Yangiliklar

Yurgen Klopp faoliyati va hayot falsafasiga nazar

Klopp karerasidagi eng xarakterli voqea nima, bilasizmi?!

O'zini ojiz qilgan vaqti. U 2011 yil "Bavariya"ga qarshi bahsdan oldin Rokki haqidagi voqeani o'yinchilariga aytib, ularni ruhlantirishga harakat qildi. Klopp ishtiyoq, chempion yuragi haqida gapirdi, ammo qarshisida unga hech nimani tushunmay qarab turgan o'nlab nigohlarga ko'zi tushdi. Qadimgi sport hikoyasi haqida atigi 2 nafar inson eshitgan ekan. SHu kabi holat Yurgenning "Maync"dagi ilk matbuot-anjumanida ham yuz bergandi. Klopp o'shanda Balboa haqida gapirmagan, lekin ich-ichidan unga ishongan. 

"Borussiya" o'yinchilari uni ko'rmaganliklari uchun emas, balki murabbiy ruhiyat haqida so'z ochgani uchun uni tushunishmadi. 2010 yildan keyingi davrda ruhiyatdan ko'ra, hisob-kitobga ko'proq ishonishadi. So'nggi o'n yillikdagi scenariy "Rokki"ni yaxshi ko'radiganlar uchun yozilmagan; moliyaviy feyr-pley va transfer narxlari top-klublar va dunyoning boshqa klublarini ikkiga ajratib qo'ydi. Bu — monarxiyalar davri: PSJ, "Bavariya" va "Yuventus" mamlakat chempionatida deyarli barcha yillari g'oliblikni qo'lga kiritgan.

Klopp o'sha vaqtlar qahramon emas, oddiy yigit edi: o'zi taklif etilgan kechaga etib bora olmagan, lekin boshqa bir bayramga tashrif buyurib, o'sha erdagi eng chiroyli qiz bilan raqsga tusha olgan yigit. Qolgan jihatlari bo'yicha ham u shablonlarga umuman to'g'ri kelmaydi. Hozir Messi yoki Ibragimovich tipidagilarning davri. Ularning xatti-harakati, xarakteri, u yoki bu holatda o'zlarini qanday tutishlarini tahmin qilish mushkul emas. Ular aynan o'zlaridan kutilgan narsalarni amalga oshirishadi — Klopp esa "Borussiya" Bundesligada zafar quchganidan keyingi ilk tongni ishlamayotganiga yillar bo'lgan zavoddagi tashlandiq, bazi qismlari umuman ishdan chiqqan avtobusda qarshi oladi. Katta yo'lga chiqadi va Dortmundgacha olib borib qo'yishga rozi bo'lgan mashinada, yukxonasida tovuqlar bo'lgan avtoulovni boshqarayotgan turkiyalik bilan ketaveradi. 

Zamonaviy futbolchilar ilmiy tasdiqlarga ko'ra, yon tomonga qarab uxlashadi, o'z kaloriyalarini hisoblab yuradilar hamda o'yindan avval lavlagi sharbatini ichadilar — Klopp esa tatilda "Liverpul" o'yinchilariga shunday sms yuborgan: "Yugurish yo'lakchasidan "hisobot??? Plyaj va parkda suratga tushib yuboringlar". U hech bir ishni o'zini ko'rsatish uchun qilmaydi — agar "San-Paolo" farroshlari bilan qahva ichsa ham, jurnalistlar bu haqida bir necha yil o'tib eshitadilar.

Klopp falsafasi Rokki bilan bog'langan klublar bilan g'alaba qozonganligida emas, balki bunday hikoyalarga hech kim ishonmaydigan davrda ushbu ishni qila olganidadir. U — "Marvel" filmiga kelib, barchani nokaut qilgan Rokkidir.

Yurgen "Borussiya"ni qanday ahvoldaligida chempionga aylantirgani yodingizdami? Levandovski 22 yoshida, yuqori darajada gollar urolmayotgan bir paytda — jamoadagi asosiy futbolchi ham emasdi, sababi CHilida eng yaxshi to'purar bo'lgan Barrios (bazida tushunarsiz va ishonchsiz o'ynagan) bor edi. 18 yoshli Getce karerasidagi 40 daqiqalik o'yindan so'ng, u mavsumning ikkinchi raqamli assistenti hamda germaniyalik Messi bo'lgandi. Biroq faqat Klopp bunga ishongan. 350 ming evro evaziga Yaponiyadan kelgan Kagava. "Bavariya"dan ijaraga olingan Xummels. Yurgen yigirmaga yaqin barcha etakchilar guruhini "bolalar bog'chasi" deb atardi. Yani uning so'zlariga qaraganda, ular hech nimani rejalashtirmaydigan hattoki, kelasi tur haqida o'ylamaydigan, faqat bugungi kun bilan yashaydigan yigitlar degan.

Ularga qarshi yozda oltin dubl qilgan "Bavariya" (ammo ECHL finalidagina "Inter" tomonidan to'xtatilgan); Robben va Riberi "Bavariya"si, ammo o'shanda biz buni bilmasdik. SHu bilan birga o'sha jamoada deyarli har o'yin gol uradigan Mario Gomes, Myuller, SHvaynshtayger va matonat timsoli Lam bor jamoa. O'sha "Bavariya" 2010 yildan buyog'iga 10 tadan 8 mavsumda chempionlikka erishdi. Natija 100% bo'lishi ham hech gap emasdi, lekin bunga "Borussiya" yo'l qo'ymadi.

Bu to'satdan amalga oshgan orzudir. Gvardiola futbolni o'rganyapti, Anchelotti — futbolchilarni, Klopp esa — insonlarni. U "Borussiya"da ikki yil mobaynida 5-6-o'rinlarni egalladi. Biroq boshni og'ritib o'tirmaydi, uning o'rniga: 18 yoshli Getce o'zini kashf qilishi va erkin o'ynashiga ruxsat bermoqda. Etiborlisi shundaki, zamonaviy futbolda erkinlikka loyiq o'yinchi bo'lish kerak — maydonda o'zingiz istagan ishni qilishingiz uchun Messidek bo'lishingiz kerak. Ammo Mario hech qanday bir asossiz bunday imkoniyatga ega bo'ldi (sababi shunday o'yin ancha qiziqarli) va chempionat doirasida 11ta golli uzatma berishga muvaffaq bo'ldi.

U "Liverpul"ga kelib, Angliya qadrlamaydigan va aksincha Evropa sinab ko'rishdan cho'chimagan usulni qo'lladi. Unga ko'ra, qanot himoyachilar raqib darvozasiga yaqin burchak bayroqchasi tomondagi zonada harakatlanishdi. Natijada "Enfild"ga CHempionlar Kubogi olib kelindi. Bu voqeadan bir yil avval u finalda mag'lub bo'lgandi. Ammo bu Kloppga tasir ham qilmagan: erta tongdan muxlislar bilan qo'shiq kuylagan, doim zo'r bo'lishga va yana finalga chiqishga vada bergan. Uning o'z tizimi, o'ziga xos uslubi bor — biroq aynan shaxsiy fikrlari uchun bo'sh vaqt ajratgani sababli g'alaba qozonadi. U futbolchilarga shunday deydi: "Mayli biror ishni noto'g'ri qiling, ammo birgalikda bajaring". Natijada o'yinchilar tinmay burchak to'pi tepishdi va "Barsa"ni CHempionlar Ligasidan chiqarib yuborishdi.

Bu "bir amallab to'pni Messiga etkazsak, uyog'ini o'zi eplaydi va keyingi 100ta o'yinda shu taktika bo'yicha harakat qilamiz" tizimi emas.

Kloppda barchasi boshqacha. Futbolchilar kutilmagan qarorlar qabul qilishdan cho'chishmaydi, chunki murabbiy ularni qo'llab-quvvatlashini yaxshi biladilar. Bazan ishonish qiyin, Bunday voqea faqat kinolarda bo'ladi deganimiz, hayotimizda sodir bo'ladi... Aniq bir vaziyat uchun qatiy belgilangan harakat ham yo'q. Ular tasodifiy omadga va taqdir oxirigacha ishonchni yo'qotmaganlarni qo'llab-quvvatlashiga ishonadilar. Boshqacha bo'lishi ham mumkin emas. Albatta, bu kabi usul doimo ish bermasligi, ayniqsa uzoq davom etuvchi musobaqalarda yordam bermasligini murabbiy yaxshi biladi. Bu kabi ruhlantirish, o'z kuchiga hattoki, imkoni yo'q narsaning ham ilojini topish mumkinligiga ishontirish sanoqli o'yinlarda as qotadi. CHempionat uchun katta tezlik va pressingga asoslangan, muntazam ochko olib kelayotgan avtomatlashtirilgan model ishlab chiqilgan.


SHuning uchun "Liverpul" CHempionlar Ligasida g'olib bo'ldi va Premer-ligada, albatta, g'alaba qozonadi. Bu yil bo'lmasa, keyinroq. Agar bunday bo'lmasa, u holda hech kimning esidan chiqmaydigan mag'lubiyatga uchraydi. 

Klopp har doimgidek yana hammasini qaytadan boshlayveradi. Futbolchilar ham bu borada unga ko'maklashadilar. Bu narsa esa bir kuni o'z mevasini berishi aniq. CHunki futbol — bosim emas. Futbol — bu zavqlanish!


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика