Yurgen Klopp ECHL finali haqida: “Real” favorit, ammo “Liverpul” autsayder emas
20 may 2018 22:35
Yangiliklar
Yurgen Klopp ECHL finali haqida: “Real” favorit, ammo “Liverpul” autsayder emas
“Ha, “Real” favorit bo'ladi. Ular hamma narsani biladi, axir bu o'yin ular uchun beshinchi mavsumdagi to'rtinchi final bo'ladi. Oxirgi uch yilda etakchi uchta klub bor edi, ulardan biriga biz finalda duch kelamiz. Bu bilan bog'liq menda hech qanday muammo yo'q. O'zimni autsayder deb his etayotganim yo'q. To'g'risini aytganda bu holat bizga yoqadi. Hammamiz xursandmiz. “Real” futbolning eng yuqori darajadagi sifatini namoyish etmoqda. Ular uchta finaldan uchtasidan g'olib bo'lishga erishdi. Ammo biz “Liverpul”miz, buni unutish kerak emas.
Final kim g'alabaga ko'proq istak borligini ko'rsatadi. “Real”ning tarkibi so'nggi g'alabasidan buyon o'zgarmadi. Bunaqasi juda kamdan-kam hollarda ro'y beradi. Ular yana buni qilishni xohlashadi, ammo biz ularni to'xtatishga harakat qilamiz. Finalda hamma narsa bo'lishi mumkinligi esa biz uchun ayni muddao”, — deydi Klopp.
Fikrlar