Yurgen Klopp "Bavariya"ning yangi bosh murabbiyi?
07 okt 2015 00:32
Yangiliklar


Yurgen Klopp "Bavariya"ning yangi bosh murabbiyi?
"Liverpul" Brendan Rodjersni istefoga chiqargandan so'ng mersisaydliklar ruliga Yurgen Klopp kelishi taxmin qilinayotgandi. Biroq Yurgen Klopp so'nggi haftada "Bavariya" vakillari bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar paydo bo'ldi.
Bu haqda shuningdek italiyalik mashhur jurnalist Tankredi Palmeri ham o'z tvitterida malum qildi.
"Klopp bir haftadan buyon myunxenliklar bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. "Bavariya" Yurgen Klopp jamoa boshqaruviga olib kelmoqchi. Mana bu burilish bo'lar edi", - deb yozadi Palmeri.
Yurgen Klopp kelasi yozga qadar biror bir jamoada ish boshlamoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, "Borussiya D"ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Kloppni tez orada "Liverpul" bilan 3 yillik shartnoma tuzishi haqidagi xabarlar keng tarqalgandi.
"Bavariya"ni boshqarib turgan Xosep Gvardiola esa klub bilan yangi kelishuvga erishgani yo'q va uning shartnomasi mavsum tugaganidan so'ng yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar