Yurgen Klopp: “Albbata biz raqiblardan 25 ochko o'zib ketishni istardik”
07 fev 2014 13:01
Yangiliklar


Yurgen Klopp: “Albbata biz raqiblardan 25 ochko o'zib ketishni istardik”
Dortmundning “Borussiya” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Bundesliganing 20-turidan o'rin olgan “Verder”ga qarshi bo'lib o'tadigan bahs xususida to'xtalib o'tdi.
“Keyingi o'yin ham qiyin bo'ladi. “Verder” muxlislari uchun jang olib borishga shay turibdi. Butun diqqat etiborimizni mazkur o'yinga qaratishimiz kerak. Yakka kurashda mag'lub bo'laversak, ushbu o'yinda g'alaba qozonishimiz qiyin bo'ladi.
Biz ham “Verder”ga katta muammo tug'dirishmiz tayin. Maqsadga erishish uchun esa bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Albatta biz raqiblarimizdan 25 ochko o'zib ketishni istaymiz, shunday ekan mavsum oxirigacha kurashni davom ettiramiz”, - deydi Klopp.

Fikrlar