Yurgen Klinsmann Osiyo kubogi finalida qaysi mamlakat bilan to'qnash kelishni istayotganini aytdi
12 okt 2023 22:17
Yangiliklar
Yurgen Klinsmann Osiyo kubogi finalida qaysi mamlakat bilan to'qnash kelishni istayotganini aytdi
Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klinsmann 2024-yilning yanvar oyida o'tkaziladigan qita musobaqasining finalida Yaponiya bilan to'qnash kelishni xohlayotganini aytdi.
"Yaponiya kuchli jamoa. Ularda ham bizdagi singari iqtidorli va dunyo miqyosidagi futbolchilar bor. Sog'lom raqobat orqali ikki terma jamoa bir-biriga yordam beradi. Osiyo kubogida Yaponiya bilan uchrashishni istayman. Imkoni bo'lsa, finalda to'qnash kelishimizga umid qilaman", — dedi germaniyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, Janubiy Koreya guruh bosqichida Malayziya, Iordaniya va Bahrayn bilan kurash olib boradi.
Fikrlar