Yunus Musa "Arsenal"ga qaytishga qarshi emas
06 noy 2022 14:10
Yangiliklar
Yunus Musa "Arsenal"ga qaytishga qarshi emas
19 yoshli futbolchi London klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2019 yilning yozida "Arsenal" bilan shartnoma imzolashni rad etdi va ispan klubi bilan shartnoma imzoladi.
"Kelajakda nima bo'lishini bilmaysan. "Arsenal"da o'cgan holda u erda ajoyib paytlarni o'tkazdim, hali ham u erda do'stlarim bor, murabbiylar ham zo'r, umuman "Arsenal" o'yinchisi bo'lish ajoyib. Menga "Arsenal"da o'ynash yoqqandi. Klubga qarshi hech qanday salbiy fikrim yo'q, agar bir kun kelib qaytishga to'g'ri kelsa, men buni qilaman. Hozir esa "Valensiya"da juda ham baxtliman", — deydi Musa.
Yarim himoyachi joriy mavsum "Valensiya" tarkibida La Liga doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi. Uning shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar