Yungberg: "Sovrinlarga erishish uchun "Arsenal" yana ko'p pul ishlatishi kerak"
23 noy 2020 15:10
Yangiliklar


Yungberg: "Sovrinlarga erishish uchun "Arsenal" yana ko'p pul ishlatishi kerak"
"Arsenal"ning sobiq futbolchisi va bosh murabbiyi Fredrik Yungbergning fikriga ko'ra, sovrinlar uchun kurashish yo'lida "to'pchilar" anchagina pul sarflashi kerak.
"Agarda so'nggi ikki yilni qaraydigan bo'lsak, "Arsenal" tarkibiga yaxshi futbolchilarni qo'shib oldi. Biroq tarkibni kuchaytirish uchun yana investiciya kiritishi kerak.
"Arsenal" yozda himoyani kuchaytirish uchun yaxshi ishlar olib bordi. "Liverpul" yoki "Manchester Siti"ning tarkibiga qaraydigan bo'lsak, ularning har bir poziciyasida ajoyib futbolchilar bor", - dedi Yungberg.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar