"Yunayted" nishonga olgan futbolchiga "Siti" ham qiziqish bildirmoqda
12 jan 2020 11:42
Yangiliklar
"Yunayted" nishonga olgan futbolchiga "Siti" ham qiziqish bildirmoqda
"Aston Villa" yarim himoyachisi Jek Grilish "Manchester Siti" qiziqishlari doirasida.
"Metro" xabariga ko'ra, kelayotgan yozda "shaharliklar" 24 yoshli xavbekni transfer qilishmoqchi. SHuningdek, ayni damda Jek "Manchester Yunayted"ning asosiy nishoni bo'lib turibdi. "Transfermarkt" portali futbolchini 35 million evroga baholagan. Grilishning "Aston Villa" bilan shartnomasm 2023 yilga qadar davom etadi.
Grilish ushbu mavsumda "Aston Villa" tarkibida 19 o'yinda 6 gol urishga erishdi.
Fikrlar